143
Shuningdek, bu usul bilan yozishda dastlab sekinroq, keyinchalik uni
tezlashtirib yozib ko‘rsatiladi. Bu usuldan bo‘g’in, so‘z va gaplarni yozishda
ham foydalanish mumkin.
Tasavvur orqali yozish.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullar bilan bir
qatorda, tasavvur qilish orqali havoda harflarning shaklini yozdirib mashq
qildiriladi. O‘qituvchi doskada yozib ko‘rsatgan harf yoki bog’lanishlarni
o‘quvchilarga qanday qilib yozishni, ruchkaning havoda harakatini ko‘rsatib,
o‘quvchilar tasavvur hosil qilganlaridan so‘ng daftarga yozishga ruxsat etiladi.
Bunday mashqlar o‘quvchilarning qiziqishlarini o‘stiradi hamda jismoniy
mashqlarni ham bajarish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: