U ch i n ch i g u r u h m a sh q l a r Darsning maqsadi . O‘quvchilarga «baland», «yuqori» va «past»
tushunchalarni anglatish. Chiziqlar orasini to‘g’ri topishga o‘ragatish.
Birinchi vazifa . Har xil balandlikdagi qiya tayoqchalarni yozdirish.
O‘qituvchi doskada daftarning yuqori chizig’idan pastki chizig’igacha uzun
tayoqchalar tushirishni, tayoqchalarning teng o‘rtasini topib, nuqta qo‘yishni
aytadi; uzun tayoqchaning yarmidan, ya’ni nuqta qo‘yilgan eridan uning
yoniga kichik qiya tayoqcha chizishni topshiradi. Uzun tayoqchalarning
o‘rtasiga qo‘yilgan kichik tayoqcha gorizontal chiziq bilan bog’lanadi.
158
Doskada tayoqchalarning baland va pastligi taqqoslab ko‘rsatib
beriladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar vazifani bajarishga
T o‘ r t i n ch I g u r u h m a sh q l a r Darsning maqsadi . Har xil shaklga va qiyaliklarga ega bo‘lgan
chiziqlarning unsurlarini yozishga o‘rgatish.
Birinchi vazifa . Uzun tayoqcha unsurini bir necha bo‘laklarga bo‘lib,
ularning orasidagi masofani bir xilda saqlashga o‘rgatish. (Bu chiziqlar jigar
rang qalam bilan chizdiriladi).
Ikkinchi vazifa. Tayoqchalarning baland-pastligi, oralaridagi
masofaning tengligi tekshirilib chiqilgandan so‘ng zangori rang qalam bilan
har xil qiyalikka ega bo‘lgan kichik chiziqchalar chiziladi. Natijada archa
daraxti shakliga o‘xshash chiziqlar hosil bo‘ladi.
O‘quvchilar bu mashqni bajarish orqali oraliq masofalarni chamalashga
va qiyaliklarni to‘g’ri saqlashga o‘rganadilar.
B e sh i n ch i g u r u h m a sh q l a r Darsning maqsadi. O‘quvchilarga «keng» va «tor» tushunchasini
anglatish; osti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishga
o‘rgatish.