174
Yozuvning bir tomonga qiya bo‘lishi
tik yozuvga nisbatan oson
bo‘lib, xat tekis chiqadi va yozuv tezligi oshadi.
Daftarni to‘g’ri tutishi malakasini o‘quv yilining boshidan hosil
qilish va bu malakani butun o‘quv yili davomida mustahkamlab borish
zarur.
O‘quvchilarda daftarni to‘g’ri tutish, yozuv vaqtida to‘g’ri o‘tirish
avtoruchkani to‘g’ri ushlash kabi malakalarni
mustahkamlash uchun
quyidagi usullardan foydalanish mumkin: «bir» deganda gavdani to‘g’ri
tutish, «ikki» deganda daftarni to‘g’ri qo‘yish, «uch» deganda ruchkani
ushlash.
Bir chiziqli daftarda qiya chiziqlarning yo‘qligi daftarni parta ustida
to‘g’ri tutishga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi. Buni
amalga oshirish
o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi, chunki o‘qituvchi har bir
o‘quvchining daftarini butun dars davomida kuzatib borishi lozim bo‘ladi.
Bu ishni osonlashtirish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: