168
4.4. 2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish
Vatanimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlaboq jamiyatni isloh
qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo‘g’ini, jamiyatdagi demokratik
o‘zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning,
Respublikani jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida
ta’lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligining buyrug’iga asosan DTS, o‘quv dasturlari
ekspertizadan o‘tkazildi va shu xulosa asosida umumiy o‘rta ta’limning
yangi
tahrirdagi Davlat ta’lim standarti, modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari
tayyorlandi va tajriba – sinovdan o‘tkazilib, ayni damda amalga tatbiq
etilmoqda.
«O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim to‘g’risida»gi
Nizomda ta’kidlaganidek: «Boshlang’ich ta’lim, o‘qish yozish, sanash, o‘quv
faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalari,
ijodiy fikrlashi, o‘zini o‘zini
nazorat qilish o‘quvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va
sog’lom turmush tarzi asoslarining egalab olishlarini ta’minlashga da’vat
etilgan».
Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini
nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida
davlat boshlang’ich sinf o‘quvchilaridan standartga belgilab qo‘yilgan
ko‘rsatkichlarga erishishni talab qiladi va o‘z
navbatida, bu ko‘rsatkichlarga
erishish uchun zarur bo‘lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi.
Boshlang’ich ta’lim standarti ta’lim sohalariga qo‘yilgan standart
ko‘rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini
ta’lim sohalariga belgilab qo‘yilgan ta’lim standartining ko‘rsatkichlari
tashkil etadi. Ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim natijasining sifati xuddi mana shu
ko‘rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o‘rinda belgilab qo‘yilgan
ko‘rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o‘lchov biriliklarida ifodalanadi.
169
Boshlang’ich ta’lim bosqichida o‘quvchining ona tili ta’limi
sohasi
bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrli
standart mezon orqali aks ettriladi: o‘qish texnikasi, og’zaki fikrni va matn
mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo‘lib, ona
tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o‘quvchi
tomonidan yaratilgan matnda aks etadi.
2-sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalar quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: