N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Darsning maqsadi.
Kichik harf elementlarining qo‘shib yozilishini 
hamda ularning orasidagi masofani to‘g’ri saqlashga o‘rgatish. 
Birinchi vazifa.
Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini mashq 
qildirish hamda ularni bir-biriga qo‘shib yozishga o‘rgatish. 
Bu vazifaning to‘g’ri yoki noto‘g’ri bajarilganini mashqni bajarib
bo‘lgandan so‘ng ikkita element o‘rtasidagi bo‘shliqqa boshqa rangli qalam
bilan nuqta qo‘ydirish orqali ham bilish mumkin. 
Agar o‘quvchi vazifani to‘g’ri bajargan bo‘lsa, nuqta harf elementlari 
orasiga to‘g’ri joylashadi, aksincha, noto‘g’ri bajarilgan bo‘lsa, nuqta uchun joy


161 
topilmaydi. Bunday usul bilan vazifani tekshirish ularda uchraydigan xatoning 
oldini olishning birdan-bir to‘g’ri yo‘lidir. 
S a k k i z i n ch i g u r u h m a sh q l a r 
Darsning maqsadi. 
«Uzunchoq» va «kaltaroq» tushunchasini
anglatish. 
Birinchi vazifa
. Ikki xil uzunlikdagi yotiq va tik tayoqcha
elementlarini yozib ko‘rsatish.
Bu vazifa ham rangli qalam bilan bajariladi. O‘quvchilar bu
tayoqchalarning qaysi biri uzun, qaysi biri qisqa ekanini solishtirib 
ko‘radilar. 
T o‘ q q i z i n ch i g u r u h m a sh q l a r 
Darsning maqsadi
. Harf elementlarini bir qatorga to‘g’ri
joylashtirishga o‘rgatish. 
Birinchi vazifa
. O‘quvchilarga bir qator cho‘zinchoq doira shaklini
yozib mashq qildirish. 
Ikkinchi vazifa
. O‘quvchilarga zangori qalam bilan cho‘zinchoq doira
ichiga bir xil masofada kichik tayoqcha chizib chiqish topshiriladi. Har bir 
tayoqcha bargning o‘rta qismi, ya’ni uning tomirlari vazifasini bajaradi. 
Bargning ham kichik tayoqcha, bu esa bargning bandi hisoblanadi
Tayyorgarlik mashqlarini bunday tashkil etish o‘quvchilarni avtoruchka 
bilan yozishga tayyorlashda katta rol o‘ynaydi. Ammo tayyorgarlik davrida 
o‘quvchilar yozuvga taalluqli bo‘lgan hamma malakalarni to‘liq hosil qildilar 
deb bo‘lmaydi. Shuning uchun ayrim tayyorgarlik mashqlarini harflarini 
o‘rgatish davrida ham olib borish mumkin, masalan, kichik 
u
harfini 


162 
yozdirishga o‘rgatishda uning ikkinchi osti tugunchakli elementining 
bog’lanishida qiynalishlari mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan tayyorgarlik mashqlari qat’iy bo‘lmay o‘qituvchi
o‘quvchilarning kuchiga qarab bir oz soddalashtirishi yoki, aksincha, 
murakkabroq qilib olishi mumkin. 
Ayrim mashqlarda harf elementlari nuqtalar bilan qo‘shib berilgan: 
bunday ishlar o‘quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o‘stirishga yordam 
beradi.
Sinfda husnixat mashqlari o‘qituvchi tomonidan doskada yozib ham 
ko‘rsatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin