N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Alifbe davrida yozuv texnikasini o‘rgatishning o‘ziga xos



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

 Alifbe davrida yozuv texnikasini o‘rgatishning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
O‘quvchilar tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajargan 
bo‘lishlariga qaramay, o‘qituvchi navbatdagi darsni e’lon qilish bilan birga
yozuv asboblarini qayta tekshirib chiqishi lozim. Shu bilan birga, quyidagi
vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo‘yishi lozim: 
1. Barmoq va qo‘l muskullari harakatini o‘stiruvchi gimnastik mashqlar
o‘tkazish. 
2. Doskaga mashqni yozib ko‘rsatish va asosiy e’tiborni nimaga jalb 
etishni tushuntirish. (Ayrim o‘quvchilar harfni qanday yozishni so‘zlab
berishlari ham mumkin.) 
3. Daftardan foydalanishni, yozuvni qayerdan boshlashni tushuntirish. 
4. Partada to‘g’ri o‘tirish, ruchkani to‘g’ri ushlash, daftarni to‘g’ri
tutish qoidalarini eslatib o‘tish. 
5. Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o‘quvchilarning
yozuvini muntazam kuzatib borish. 
6. Ishning birinchi qismi tugallangandan so‘ng (o‘qituvchining 
savoliga qarab) bajargan yozuvlarini doskadagi namuna bilan solishtirib 
ko‘rishga va yo‘l qo‘ygan xatolarini topishga o‘rgatish. 


163 
7. Vazifani qayta tushuntirish orqali o‘quvchilardagi kamchiliklarni
yo‘qotish. 
8. Fizkultura minutlari o‘tkazish. (Fizkultura minutlarini o‘tkazish
uchun mashqlar namunasi 1 bobda berilgan.) 
9. Yangi mashqni tushuntirish, dasrlikning qaysi beti, qachon va 
necha qator yozish kerakligini belgilab qo‘yish. 
10. Ko‘z bilan daftar orasidagi masofani to‘g’ri saqlashga o‘rgatish. 
11. Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish, zarur bo‘lsa, 
qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish. 
12. O‘quvchilarga bajariladigan vazifalarni aniq ko‘rsatish. 
Bu davrda o‘quvchilarni asta-sekin «husnixat» daftaridan to‘g’ri
foydalanishga o‘rgatib borish zarur. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan
o‘quvchi daftardan zarur mashqni topishi va bajarishi lozim. Alifbegacha
bo‘lgan davrdan boshlab harf va uning elementlarini bir xil balandlikda,
qiyalikda va qalinlikda yozishga qaratish talab etiladi. 
Ko‘chirib yozish mashqlari uchun esa ayrim harf elementlari emas,
balki alohida guruhlar beriladi. 
Alifbegacha bo‘lgan davrda bu talablarning amalga oshirilishi
alifbe davrida darsni yanad samaraliroq olib borish uchun imkoniyat
yaratadi. 
Alifbe davrida o‘quvchilar nutq tovushlari bilan tanishadilar, so‘z
tuzishga, so‘z va gaplarni o‘qishga hamda ayrim elementlar, harflar, o‘tilgan 
harflar ishtirokida so‘z va gaplar yozish ham o‘rgatiladi. Alifbe davrida
bolalarni yozishga o‘rgatish juda muhimdir. Bu davrda o‘quvchilarga harf va 
uning elementlari «Alifbe» daftarida ko‘rsatilgan tartibda o‘rgatiladi. 
O‘quvchilarga vaqt-vaqti bilan yozuv gigiyenasi qoidalarini eslatib turish
lozim. 
Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan
iborat: 
1. Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. 


164 
2. Harflarni bo‘g’in va so‘zlarda qo‘shib yozish. 
3. Qo‘l harakatini uzmay yozishga o‘rgatish. 
4. Harflarning qiyaligini va enini to‘g’ri saqlashga o‘rgatish. 
O‘quvchilar tomonidan harflarning shaklini yozishda ularning yozuvini 
ko‘zdan kechirib chiqish, ayrim harflarning elementini noto‘g’ri yozayotgan 
o‘quvchilarga shu elementning to‘g’ri yozilishini ko‘rsatib berish lozim. 
O‘quvchilarda bu davrda harflarni to‘liq yozmaslik, harflarni almashtirib yozish 
kabi xatolar uchraydi. Alifbe davrida (va o‘quv yilining 2 yarmida ham)
o‘quvilarning yozayotgan matnlarini uch xil yo‘l bilan tahlil qilish mumkin: 
a) so‘z tarkibini aniqlash; 
b) so‘zning ma’nosini aniqlash; 
c) mashqlarning grafik tasviri ustida ishlash. 
Shularning hammasini hisobga olgan holda «Husnixat» daftaridagi 
mashqlarni joylanishi «Alifbe» kitobi asosida berilgan.
Alifbe davrida o‘quvchilarni bo‘g’inlab yozishga, keyinroq esa 
so‘zlarni bir butun qilib yozishga o‘rgatish lozim.
Ayrim o‘quvchilar so‘zlarni harflarni alohida-alohida yozishga harakat 
qiladilar, bunga aslo yo‘l qo‘ymaslik lozim, chunki harflarni alohida-alohida 
yozish natijasida ayrim harflarni tushirib qoldiradilar va almashtirib yozadilar. 
Bu davrda o‘quvchilarni yoddan yozishga ham o‘rgatish lozim. Buning quyidagi 
kabi topshiriqlarni berib borish lozim: matnni o‘qib, yozilishiga qara, doskaga 
qaramay yoz, o‘qi, namuna bilan solishtirib ko‘r.
Alifbe davrining oxirida ko‘pchilik o‘quvchilarda yozuv malakasi hosil 
bo‘ladi, ammo bu bilan qanoatlanmasdan yozuvga o‘rgatish malakasini
takomillashtirib borish talab etiladi. Quyida kichik 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin