N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Parta ustiga ikki o‘quvchining har biri uchun ingichka kontrol



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B


Parta ustiga ikki o‘quvchining har biri uchun ingichka kontrol 
(nazorat) chiziq chizish kerak. Bu chiziqning ostki uchi o‘quvchilarning chap
ko‘kragi o‘ratsiga to‘g’ri bo‘lib, parta qirg’og’iga nisbatan 65º bo‘lishi zarur. 
Natijada hamma o‘quvchilarning oldida (partada) nazorat chiziqlar hosil
bo‘ladi. Shundan keyin daftarni shu nazorat chiziqqa tekis qilib qo‘yishni 
talab qilish oson bo‘lib qoladi. Qatorlar to‘lib borgan sari daftar ham shu
chiziq bo‘ylab yuqoriga ko‘tarila boradi. 
Shu tartibda daftarni to‘g’ri tutish malakasi hosil qilingandan so‘ng 
o‘qituvchi doskaga bir nechta qiya holatdan kichik tayoqcha va yoniga yana 
shunday bir nechta tik tayoqcha chizib, o‘quvchilardan qaysi tayoqchalar tik va 
qaysi tayoqchalar qiya ekanligini ko‘rsatishni tilab qiladi. 


175 
O‘quvchilar ular orasidagi farqni ko‘rsatib beradilar. Shundan keyin
o‘qituvchi yozuv o‘ng tomonga 65º qiya bo‘lishligini yana ta’kidlaydi. 
Bunday mashqlar o‘quvchilar kuzatuvchanligini oshiradi, o‘quvchilarga
xatning qiya yozilishi shart ekanligini anglatadi. Ba’zi o‘quvchilar harflarning 
uchun tayoqcha unsurini yozishda qiynaladilar. Bunday kamchilikning oldini
olish uchun shunday unsurlardan tashkil topgan harflarni mashq qildirish
kerak (Bu mashqni o‘tkazishda unsurlarning qiyaligini to‘g’ri saqlashga
yordam beruvchi qo‘shimcha qiya chiziqchalar ham beriladi. 
Bunda o‘quvchilar harflar yonidagi tayoqcha unsuriga qarab harflarning
qiyaligini to‘g’rilab, o‘zlarining yozuvlarini tekshirib boradilar. 
2-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan mashqlar tekshiruv xarakterida
bo‘lishi ham mumkin. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga harflarning to‘g’ri yozilishini ko‘rsatish bilan
birga har bir harfning shaklini (qayerdn boshlanib, qayerdan tugatishni) ham
o‘rgatishi lozim. 
O‘quvchilarni to‘g’ri va noto‘g’ri yozilgan harflarni farq qila olishga
ularning asosiy kamchiligi nimadan iborat ekanligini aniqlay olishga o‘rgatish
kerak. 
O‘qituvchi o‘rgatilayotgan harfning shaklini va yozilish tarkibini doskada 
ko‘rsatib bo‘lganidan so‘ng, o‘qituvchilarning 4-5 marta yozishlarini talab
etadi. Bu vaqtda o‘qituvchi sinfni aylanib chiqib, xato yozayotgan 
o‘quvchilarning daftariga to‘g’risini yozib berib, shunga qarab yozishni
buyuradi. 
Noto‘g’ri yozilgan harflarning shaklini tahlil qilish orqali ularning
kamchiligini topishni o‘qituvchi doskada ham mashq qilib ko‘rsatishi 
mumkin. Masalan, to‘g’ri yozilgan kichik 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin