N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

 
4.3.1-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish 
Alifbegacha bo‘lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish. 
Boshlang’ich sinflarda harflarning shaklini to‘g’ri yozishga o‘rgatish
o‘qituvchidan ham, o‘quvchilardan ham ko‘p mehnat talab etadi. O‘quvchi har 
bir harfning tuzilishini, yozilishini ko‘rishi va tasavvur hosil qila olishi lozim.
O‘qituvchi esa o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni
aniqlashi va uni tuzatish yo‘llarini belgilashi kerak. 
O‘quvchilar tomonidan ham, o‘qituvchi tomonidan ham har bir harf 
aniq yozilishiga erishish, buning uchun ko‘p mashq qilish kerak bo‘ladi. 
Dastlab yozish sur’ati sekin bo‘ladi, keyinchalik o‘quvchilar harflarning 
yozilish shaklini yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng yozuvning tezligi
ortib boradi. 


153 
Harflarning shaklini tushuntirishda dastlab doskaga yozib ko‘rsatish 
juda muhimdir. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi yaxshi yoza oladigan
bo‘lishi kerak. Agar o‘qituvchi bir harfni bir safar boshqa shaklda, ikkinchi
safar yana bir shaklda yozib ko‘rsatsa, o‘quvchilar ikkilanib qoladilar va
xatoga yo‘l qo‘yadilar. 
O‘quvchi to‘g’ri yoki noto‘g’ri yozilgan harflarni bir-biridan ajrata
olishi, ulardagi asosiy kamchiliklar nimadan iborat ekanligini ko‘rsata olishi
lozim. Shuning uchun ham o‘quvchilarda harfning shaklini analitik ko‘rish 
malakasini o‘stirish talab etiladi. Analitik ko‘rish malakasi faqat to‘g’ri va 
noto‘g’ri yozilgan harflarni solishtirish orqali o‘stirib boriladi. 
O‘qituvchi o‘rgatmoqchi bo‘lgan harfning shaklini va yozilish tartibini
doskada ko‘rsatib bergandan so‘ng o‘quvchilarga 2-3 qator mustaqil yozishga
ruxsat etishi mumkin. Bu vaqt ichida o‘qituvchi sinfni aylanib, o‘quvchilarning 
yozuvini tekshirib chiqishi va xato yozayotgan o‘quvchilarning yozuvlaridan
bittasini namuna uchun tanlab olib, doskada o‘quvchi qanday xato yozgan
bo‘lsa, o‘qituvchi ham shunday shaklda yozib ko‘rsatadi. 
Agar o‘quvchilar o‘z o‘rtoqlarining yo‘l qo‘ygan xatosini ko‘rsalar,
shu ondayoq qo‘l ko‘tarib, uni tuzatishga harakat qiladilar. Agar o‘quvchi
harfni juda ham noto‘g’ri yozgan bo‘lsa, o‘quvchilar taajjublanadilar va unga
tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Shunday tanqidiy munosabatning o‘zi ko‘p
xatolarning oldini olishga yordam beradi. Bunday noto‘g’ri yozilgan 
harflarni doskada yozib ko‘rsatish orqali tahlil qilish maqsadga muvofiqdir,
chunki uni hamma o‘quvchilar kuzatib turadilar. Masalan, qoidaga mos 
qilib yozilgan kichik «m» harfi bilan noto‘g’ri yozilgan kichik «m» harfini
doskada quyidagicha yonma-yon ko‘rsatish mumkin. 
Kichik «m» harfini yozishda yo‘l qo‘yilgan asosiy kamchilik nimadan
iborat ekanligini o‘qituvchi o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar javob
beradilar. (Uchinchi osti ilmoqli tayoqcha shaklidagi elementi ikkinchi kichik
tayoqcha shaklidagi elementdan kichik bo‘lib qolgan). Aslida esa ular
barobar bo‘lishi kerak edi. 


154 
Shundan so‘ng o‘qituvchi yana shunga o‘xshash ikkinchi bir xatoga 
yo‘l qo‘yib yozilgan kichik «m» harfini ko‘rsatishi mumkin: 
O‘quvchilar darrov uning ham xatosini aytib beradilar. (Birinchi 
boshlash elementi uzun bo‘lib ketgan.) Harflardagi kamchiliklar tahlil qilib
bo‘lingandan so‘ng doskadagi noto‘g’ri yozilgan harflarni o‘chirib tashlab, 
to‘g’ri yozish qoidalari eslatib o‘tiladi va yuqoridagi kabi kamchiliklarga
yo‘l qo‘ymaslik uqtiriladi. Bunday to‘g’ri va noto‘g’ri yozilgan harflarni
taqqoslash orqali o‘quvchilar shunday xulosaga keladilar: to‘g’ri
yozilayotgan harflarning elementlari bir xil qiyalikda bo‘lishi hamda ular
orasidagi masofa bir xilda saqlanishini bilib oladilar. 
Qoida bo‘yicha o‘quvchilar harflarni elementlarga ajratib yozmasalar 
ham, har bir harfning qanday elementlardan tuzilganini, yozayotganda peroni 
qaysi tomonga qarakat qildirishni, qaerda burilish bo‘lishini, qaysi elementi 
qanday qiyalikda yozilishini yaxshi bilishlari kerak. Bu esa o‘quvchilarga
harflarning shaklini yana ham chuqurroq o‘zlashtirib olishga katta yordam
beradi. 
I sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo‘lib,
bir necha xil vazifani o‘z ichiga oladi: bolalar o‘qituvchining so‘zini
tinglaydilar, doskaga yozgan harf va so‘zlarni ko‘rib boradilar, ayrim
tekstlarni ko‘chirib yozadilar, so‘z va bo‘g’inlarni tahlil qiladilar va hokazo. 
Har bir yozuv mashg’ulotini boshlashdan oldin hamda butun dars
jarayonida ham o‘quvchilarga to‘g’ri o‘tirish qoidalarini eslatib turish 
maqsadga muvofiqdir. Bu masalani oson hal etishning yana bir yo‘li sinfga
to‘g’ri o‘tirish qoidalari ko‘rsatilgan plakatlarni osib qo‘yishdir. 
O‘quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozishga qiziqish va muhabbat
uyg’otish uchun birinchi navbatda o‘qituvchining o‘zi chiroyli yozishi
lozim. 
I sinfda o‘qish darslarida o‘quvchilar tovush hamda bosma harflar
bilan tanishtirilsa, tovush va harflarni analiz va sintez qilish orqali ularning 
nutqi o‘stiriladi. Shu kabi yozuv darsining ham ayrim spetsifik xususiyati 


155 
bor. Masalan, agar o‘quvchilar o‘qish darsida «Alifbe» kitobidagi tayyor 
bosma harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsa ko‘rinmaydi. Har bir 
harf va uning elementini o‘quvchining o‘zi namunaga qarab yozadi. 
Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o‘rgatish o‘z navbatida
quyidagi kabi qator tushunchalarni bilishni talab etadi:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin