N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

4.2.
 
Husnixat darslarini rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar
Dars mavzusi: 
o‘quvchilami yozuv faoliyatida ishtirok etadigan tana
 
qismlari bilan tanishtirish. Yozuv paytida ularni to‘g’ri tuta bilishga; ruchka va 
daftarni to‘g’ri ushlashga o‘rgatish. 
Dars rejasi: 
Kirish. Odamning alohida tana qismini ko‘rsatish va
 
nommlanishni aytish. Yozayotgan paytdagi normal holati, daftarning turishi, 
kaftni to‘g’ri tutish va ruchkani to‘g’ri ushlash. 
Darsning borishi: 
darsning boshida o‘qituvchi o‘quvchilarga yozuv
 
mashg’ulotlarida tez va chiroyli yozishni o‘rgatishlarni tushuntirib o‘tadi. 
Yozuvni o‘rgatish har bir insonning hayotida muhim rol o‘yn aydi. Yaxshi yoza 
olmaydigan odam o‘zini noqulay his etadi, uning yozuvini o‘qiy diganlar esa 
uning mazmunini umuman anglay olmaydilar. Keyin esa o‘qituvchi 


146 
oquvchilarga to‘g’ri yozish uchun harflar va so‘zlar nimalardan va qanday hosil 
bo‘lishi haqida va to‘g’ri o‘tirish qoidalari, mchkani tutish yo‘llari haqida 
ma’lumotlar berib o‘tadi. O‘qituvchl yozuv jarayonida ishtirok etadigan tana 
qismlarini ko‘rsatadi. Biron -bir o‘quvchi sinf xonasining o‘rtasiga chiqarib 
tartib bilan o‘quvchining boshi, ko‘zi, yelkasi va h.zolarni ko‘rsatib, 
o‘quvchilarni o‘z s avollariga javob berishlarini talab qiladi. 
Agar o‘quvchilar ayrim tana qismlarini old yelka, barmoq bo‘g’inlarini 
bilmasalar, o‘qituvchi ularning nomini aytib, yozuvda u yoki bu tana qismining 
qanday ishtirok etishini tushuntirib o‘tadi. 
So‘ng o‘qituvchi yozuv jarayonida noto‘g’ri o‘tiris bir qancha jiddiy 
kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishini va keyinchalik butun hayoti 
davomida qolishi haqida ma’lumot berib o‘tadi. Bula rga masalan: uzoqni ko‘ra 
olmaslik, bukchayish, nafas olishning qiyinlashuvi va o‘zidan keyin ko‘krak 
qafasi kasalliklarining kelib chiqishiga va hokzolarga sabab bo‘ladi. 
Undan 
keyin 
o‘qituvchi o‘quvchilarga tushuntirib o‘tganlarining 
hammasini takrorlab berishlarini taklif etadi va yozayotganda to‘g’ri o‘tirish 
tartibini ko‘rsatib beradi. 
Stolga o‘tirayotganda o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinadigan joyga (eng 
yaxshisi profil holda) o‘tirib: ‘Qaranglar, men hozir yozish jarayonida qanday 
o‘tirish talab etilsa, shunday o‘tiraman. Sizlar ham men qanday o‘tirsam, 
shunday o‘tirishga harakat qiling. Qarang-chi, men qanday o‘tiribman, egilibmi, 
yo to‘g’ri?’ 
O‘quvchilar: To‘g’ri. 
O‘qituvchi: qaranglar, mening qo‘llarim qayerdaturi bo‘ladi va diqqat bilan 
qarang-chi, tirsaklarim qanday holda turibdi? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin