N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

O‘quvchilar: 
Qo‘llaringiz stol ustida turibdi, tirsaklaringiz esa stol 
chetidan
 
ozgina chiqib turibdi. 
O‘qituvchi: 
Qarang-ch, men tirsagimni gavgdamga engashtirib, ikki
 
tomonga surib qo‘ydimmi? 


147 
O‘quvchilar 
: Tirsaklaringiz hech qayerga engashmagan va ikki tomonga 
surilmagan. 
O‘qituvchi 
: Aytinglar-chi, boshimni qanday tutib turibman? 
O‘quvchilar 
: Boshingiz to‘g’ri turibdi. 
O‘qituvchi : 
oyoqlarim nimaga tiralib turibdi? 
O‘quvchilar: 
Ular to‘g’ri, polga tegib turibda. 
O‘qituvchi : 
Qarang-chi, men qanday holda o‘tiribman. Mening gavdam 
va
 
yelkalarim qanday ko‘rinishda? 
O‘quvchilar: 
Gavdangiz to‘g’ri tutilgan holda. 
O‘qituvchi: 
Mening ko‘kragim va stolning cheti o‘rtasidagi ora liq masofa 
qanday? 
O‘quvchilar 
: Sizning ko‘kragingiz va stolning orasidagi masofa unchalik 
katta emas. 
O‘qituvchi : 
Hammangiz turing va yozayotganda lozim bo‘ladigan holda 
o‘tiring. 
-
yana bir bora turinglar. Qani, menga ayting-chi, yozayotganda qanday 
o‘tirsa to‘g’ri hisoblanadi? 
O‘quvchilarning yozuv jarayonida to‘g’ri o‘tirish tartibini o‘zlashtirib 
olganlarini ko‘rib, o‘qituvchi daftarning to‘gri turish tartibini o‘rgatishga 
kirishadi. 
O‘quvchilarga daftarlar tarqatiladi va sinf taxtasida daftarni to‘g’ri 
qo‘yganda egilish chizig’i to‘g’ri burchak bilan partaning oldingi chetiga 
tushishini ko‘rgazmali holda ko‘rsatib o‘tadi. 
Bundan keyin oqituvchi o‘quvchilarga ruchkani to‘g’ ri ushlash tartibini 
ko‘rsatib beradi. Ruchkani uchta barmoq bilan : bosh, o‘rta va ko‘rsatkich 
barmoqlar bilan ushlash lozim. Bu barmoqlar juda ham bukilgan va juda ham 
ochilgan bo‘lmasligi kerak. Barmoqlarni qattiq siqmaslik kerak, bosh barmoq 
ko‘rsatkich barmoqqa tegmasligi kerak. Qolgan ikki barmoqlarni shunday 
joylashtirish kerakki, bunda ular yozish jarayonida qo‘l kaftining qator 
yo‘nalishiga erkin holda yo‘naltirib boradi, bu esa tez va bog’lanishli yozuvda 


148 
muhim o‘rin tutadi. Nomsiz barmoqni o‘rta barmoqqa yoki kaftga tomon 
engashtirish mumkin. Jimjiloq kaft uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi, u yozish 
jarayonida qog’oz yuzasiga tegib turish va unda yengil harakatlanishi kerak. 
Qo‘l kafti shunday holatda joylashishi kerakki, yozayotgan odam kaftning ichki 
tarafmi ko‘rmasligi lozim. Kaftning o‘ng tomoni qog’ozga tayanishi mumkin 
emas, bunday holat o‘ng qo‘lning erkin harakatlanishiga xalaqit beradi. 
O‘qituvchi o‘z yozuvini mukamallashtirish uchun olib boradigan 
muntazam-ishlari. 
O‘qituvchi o‘z yozuvini yanada chiroyli va mukammal bo‘lishi uchun 
uzluksiz shug’ullanib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi shart. 
Shunday fikrlar bor, agar muntazam yozib borilsa, yozuv yaxshilanib 
boradi. Lekin buning aksi ham bo‘lishi mumkin: inson qannchalik ko‘p yozsa, 
uning yozuvi shunchalik tushunarsiz bo‘lib boraverar ekan. 
O‘qituvchi to‘g’ri husnixatda yozishni o‘rganib olishi lozim. O‘qituvchi 
faqat nazariy jihatdangina emas, balki har bir harf uchun yo‘lga qo‘yilgan 
amaliy proporsional bog’liqlikni ham bilishi darkor. 
Shu bilan bir vaqtda lozim bo‘lgan mashqlar orqali qo‘lning kaftini va 
barmoqlar harakatini yengillatish va rivojlantirish kerak bo‘ladi. 
O‘qituvchi sinf taxtasida yozish usullarini o‘rgatishga alohida e’tibor 
berishi lozim. Sinf taxtasida yozish jarayonida yo‘l qo‘yadigan xatolarga: 
harflarni noto‘g’ri yozish bilan birgalikda uni uzoqdan qanda y ko‘rinishini 
hisobga olmasdan yozish va yozuvning noto‘g’riligi shunda k o‘rinadiki, barcha 
asosiy va birlashtiruvchi shtrixlar bir xil qolipda yoziladi, unda asosiy shtrixlar 
qalinroq chiziqlar bilan yozilmasdan qolaveradi. 
Faqatgina yaxshi yozuvga ega bo‘lgan holdagina o‘qituvchi bolalarga 
yozuvning to‘g’ri yozilgan namunasini berishi va ulardan yaxshi natijalar olishi 
mumkin. O‘quvchilar harflarning tuzilishini, uni chizishdagi ketma ketligini 
yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun o‘qituvchi bularing hammasini sinf taxtasida 
ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatishi lozim. 


149 
Tajribalarning ko‘rsatishicha, o‘quvchi chiroyli va to‘g’ri yozuvda sinf 
taxtasiga bo‘rda aniq va chiroyli yozadigan o‘qituv chining o‘quvchilari chiroyli 
va to‘g’ri yozadilar. 
Sinf taxtasida yozish malakalariga quyidagilar kiradi: 1-navbatda qo‘l 
harakatini rivojlantirish, simmetriyani xis qilish va taxtaning qaysi qismida 
yozilgan xarf, so‘z va fraza yozilganini tezda topishni, bir qarashda topa 
bilishlikni o‘rgatish lozim. 
Bundan so‘ng bo‘r bilan yozishni u bilan ishlash texnikasini o‘rganib 
olish lozim. Bo‘r bilan yozishda ingichka va qalin shtrixlarni yozishni, 
shuningdek ingichka chiziqdan bosib yozishga o‘tish va h.zo malakalarni 
egallash lozim. Yozuvda sinf taxtasi va bo‘rning sifati katta ahamiyatga ega. 
Bo‘r yumshoq bo‘lishi lozim. U 15x15 mm qalinlikda va 50 mm 
uzunligida uncha katta bo‘lmagan shaklda tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 
Bunday shakldagi bo‘r parchasini barmoqlar bilan ushlash qulay va qo‘lni yengil 
harakatlantirish bilan turli qalinlikdagi shtrixlarni aniq chizishga erishish 
mumkin. 
Bo‘r o‘rta va bosh barmoqlarning o‘rtasida yengil ushlanadi. Bosib 
yozish faqatgina ko‘rsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Ko‘rsatgich barmoq 
bo‘rning ustida, uning chekka qismida turishi lozim, bo‘lmasa bosib yozish 
jarayonida bo‘r sinib ketishi mumkin. Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla 
kaftga tomon bukilgan bo‘lishi kerak. 
O‘qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida shunday turishi kerakki, 
go‘llarining harakatiniyopppib qo‘ymasligi lozim. 
Sinf taxtasi tekis g’adir - budursiz va yoriqlarsiz bo‘lishi va bo‘yash 
uchun maxsus tayyorlangan qora apsidal bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi lozim. 
Oddiy moyli qora bo‘yoq yoziv taxtani bo‘yash uchun yaroqsizdir, 
chunki yozuv taxtaning yaltiroq ustki qavati yorug’likni ko‘zga tushiradi, bo‘r 
esa uning ustida sirpanadi va maydalanib ketadi. 


150 
Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan 
tushayotgan yorug’lik unda aks etmasligi va o‘quvchilar sinfnin g turli joyidan 
unga yozilgan yozuvni bemalol o‘qiy olishlari mumkin bo‘lsin. 
O‘zida ishonch hosil qilgan holda yozuv taxtasiga harflarni bosib yozish 
uchun u mustahkam qilib joylashgan bo‘lishi kerak. Agar yozuv taxtasi devorga 
osib qo‘yilgan bo‘lsa, nafaqat uning yuqori tomoni ilinib turishi kerak, balki 
yozuv taxtaning ikki cheti ham. 
Husnixat bilan yozish mashg’ulotlari uchun yozuv taxta rangli chiziqlar 
bilan chizilgan bo‘lishi kerak, ular daftarning chiziqlariga mos kelishi kerak. 
Agar yozuv taxtasi chizilmagan bo‘lsa, o‘qituvchi o‘zi unga chiziqlar tortishi 
talab etiladi. 
Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi 
masofa o‘quvchilaming daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq olinishi 
kerak. 
Gorizontal chiziqlarni yozuv taxtasiga bo‘r bilan bo‘yalgan arqonchani 
yozuv taxtasiga bosib chiqish orqali chizish mumkin. 
Yozuv taxtasiga chiziqlarni tezda chizish uchun turli qalinlikdagi 
chiziqlardan foydalanish mumkin. Bunda bir vaqtning o‘zida chizg’ichning 
ikkala tomonidan chiziqlar tortib ketish mumkin. 
Harflarning yotiqligini aniqlovchi yotiq chiziqlarni sinf to‘g’ri burchakli 
uchburchagi yordamida tezda chizib chiqish mumkin. Bunday uchburchakni 
o‘qituvchinig o‘zi foner yog’ochlar orqali yasab olishi mumkin. 
Agarda sinf xonasi ikki smenada ikkita birinchi sinf yoki ikkita ikkinchi 
sinf o‘quvchilari shug’ullanishsa, unda sinf taxtasini muntazam ravishda emal 
bo‘yog’l bilannchizilgan chiziqli holda ishlatish lozim. Buning uchun eng 
yaxshisi to‘q qizil rangdagi yoki jigarrangdagi bo‘yoqdan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Har qanday chiziqni ozoda (oldiniga chiziqlarni qalam bilan chizib 
olish, undan keyin bo‘yoq bilan) chizish mumkin. 
Shuningdek, maktabda ustiga qora bo‘yoq bo‘yalgan foner bo‘lagidan 
ham ko‘chma sinf yozuv taxtasini yasab olish mumkin. Bunday yozuv taxtalarga 


151 
gorizontal va yotiq chiziqlar yoki matematik mashg’ulotlar uchun gorizontal va 
vertical chjiziqlar chizish uchun yozuv taxtasining qavatiga bigiz yoki mix 
yordamida chizib chiqiladi. Chiziqlar orasiga tushgan bo‘r aniq oq chiziqning 
hosil bo‘lishiga yordam beradi, bu esa o‘gituvchining “qo ’li” bilan bo‘r bilan 
chizib chiqishda yengillik beradi va harflarni yozish jarayonini yengillashtiradi, 
chunki yozuy taxtasining ustki qavatida bo‘yoqlardan qolgan g’adir - budurlar 
bo‘lmaydi. 
3.
O‘qituvchining darsga tayyorlanishi. O‘qituvchi har bir yozuv 
darslariga va o‘quv fanlariga qanday tayyorlanishi, mashg’ulotda ishlab 
chiqadigan materialni qanday tayyorlab olishi mumkin. Butun darsga yetadigan 
sinf ishi uchun materialni tayyorlash o‘qituvchi uchun muhim ahamiyatga 
egadir. Ba’zida ayniqsa, endi dars o‘ta boshlayotgan o‘qituvchida materialla r 
yetarli bo‘lmaydi: bir xildagi mashqlar mashg’ulotning sust va zerikarli o‘tishida 
mashg’ulot so‘ngida esa minimal natijalarga erishiladi. 
Dars uchun material tanlab olinadi, so‘ng o‘qituvchi o‘z faoliyatini 
o‘quvchilarning qobiliyatiga va kuchiga qarab rejalashtirib olishi kerak. Agarda 
dars o‘tish jarayonida yozuv taxtasidan foydalanish kerak bo‘lsa, o‘gituvchi 
oldindan kerakli materialni ishlab chiqishi lozim. Ko‘pchilikka ma’lumki, 
hamma narsaga birdaniga erishib bo‘lmaydi: sinf yozuv taxtasida namunalarni 
chiroyli qilib yozish - ko‘proq mashqlami bajarishga va katta mahorat talab 
etadi. Noto‘g’ri yozilgan mashq esa o‘quvchining o‘qituvchiga bo‘lan 
ishonchini yo‘qolishiga turtki bo‘ladi. Bo‘r bilan yozish texnikasining mur 
akkabligidan tashqari ma’lum bo‘gan namunani yozuv taxtasiga joylashtirish 
ham amaliyotni talab etadi, shuning uchun darsga tayyorgarlik ko‘rishda bu 
yo‘nalishda ham mashq qilib borish lozim. 
Bundan tashqari o‘qituvchi tanlab olayotgan materialining sifati ustida 
ham bosh gotirishi kerak. Agarda darsga tayyorlangan material mazmunli 
bo‘lsa, o‘quvchilar zo‘r qiziqish bilan ishlaydilar va mash g’ulotlar ular uchun 
qiziqarli tarzda o‘tadi. 


152 
O‘qituvchining asosiy diqqati sinfdagi barcha o‘quv chilarni birgalikda, 
ahil va hamkorlikda ishlashga va ularni jalb etishga qaratilishi lozim. Shu 
maqsadda o‘qituvchi oldindan qaysi o‘quvchilarning bilimini dars jaroyonida 
sinab ko‘rishi kerakligini belgilab oladi. Sinfdagilar hamkorlikda, ahil bo‘lib 
bajaradigan ish qachonki o‘qituvchining ta’lim berish shakli va ish ga bo‘lgan 
munosabati 
yuqori 
darajada 
bo‘lsagina 
ijobiy 
natijalar 
berishishi 
mumkin.o‘quvchilar o‘gituvchining ularga nisbatan qilayitotgan kayfiyatiga 
bevosita sherik bo‘ladilar. O‘qituvchining kayfiyati bo‘shashib, parishon, 
ortiqcha hayojanlanish yoki haddan tashqari harakatchan bo‘lsa bu holat 
o‘quvchilarga o‘tib ula rning ish faoliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qachonki 
o‘qituvchi izchil , ani q o‘ylab olgan va jonli ravishda dars o‘tsa o‘quvchilarning 
darsga munosabati ijobiy bo‘ladi va dars mazmuli bo‘ladi. 
Shuningdek, o‘quvchilarga uyga beriladigan topshiriqlarni ham oldindan 
rejalashtirib qo‘yish kerak. Beriladigan topshiriq o‘quvchilarni mustagil 
ravishda mashg bajarishga va o‘tilgan dastur materialini mustahkamlab borishga 
o‘rgatib borishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin