145
berishi lozim. Yozuv darslarida 8-10 daqiqa o‘tgandan so‘ng o‘quvchilar betoqat
bo‘lib, charchash alomatlari ko‘zga tashlanadi. Bolaning orqasiga yoki yonga
yaslanib o‘trishi, o‘rnidan turib ketishi charchaganlikdan dalolat beradi.
Mana shunday holatda o‘quvchilarning charchashlariga ahamiyat bermay,
ko‘p yozdirish natijasida o‘quvchi toliqadi, harakatlari sustlashadi, xati
xunuklashadi, ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadi.
Shu sababli charchashning oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan jismoniy
mashqlar o‘tkazib borish katta ahamiyatga ega. Jismoniy mashqlarni dars
davomida bir necha marta o‘tkazish tavsiya etiladi. Mashqlar avvalo o‘qituvchi
tomonidan ko‘rsatiladi, so‘ng o‘quvchi tomonidan bajariladi.
Jismoniy mashq izchil o‘tkazib borilsa, keyin esa yozishga kirishilsa,
o‘quvchilarning ish qobiliyati tiklanadi va darsga qiziqishi ortadi.
Xullas, ish faoliyati davrida qo‘l harakatini mashq qildiruvchi jismoniy
mashqlardan foydalanib turilsa, chiroyli yozuvga o‘rgatishning asosiy
shartlaridan biridir.
Yoddan chiqarmaslik lozimki, tasavvur orqali yozish chiroyli yozishga
o‘rgatishda yordamchi usul vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: