N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


 Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi tamoyili



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

7. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi tamoyili.
Chiroyli 
yozuv imlo bilan chambarchas bog’liq. O‘quvchining imloviy savodxonligi 
haqida g’amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g’ri ifodalash, kishilar bilan 
o‘zaro xatosiz muomala uchun g’amxo‘rlik demakdir. Shu sababli ham savod 


139 
o‘rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga 
oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi. 
Malumki, savod o‘rgatish davrida o‘quvchi gapni bosh harf bilan yozish, 
so‘zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga ko‘chirish, kishilar ismi, 
sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda 
o‘rganadi. 
Chiroyli yozuv darslarida so‘zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning 
imlosini tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo 
qoidalarini puxta egallashlariga zamin yaratadi. 
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida 
savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. 
Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bolishini ta’minlaydi. 
Buhing uchun harflarning shaklini to‘g’ri yozish, ularni to‘g’ri ulashning 
ahamiyati kattadir. Harflami bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni 
ajratmasdan boglash, so‘zlarni qatorda to‘gri joylashtirish, yozuv vaqtining 
belgilab olinishi, tahlil ishlarining (bo‘gln-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), 
ya’ni fonetik-grafik tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi. 
Yillar davomida o‘quvchilarni chiroyli va bexato yozishga o‘rgatish 
uchun qoyidagi metodlardan foydalanib kelinmoqda:
Namunaga qarab ko‘chirish va yozish. 
Bu juda qadimiy usul bo‘lib, 
eski maktablarda juda keng foydalanilgan. XX asrning boshlarida ham bu metod 
rus maktablarida keng qo‘llanilgan. Bu metodda o‘qituvchi o‘quvchilarga harf 
va uning unsurlarini och rangda yozib bergan, o‘quvchilar esa uning ustidan 
mexanik ravishda bo‘yaganlar. O‘quvchilarni bu usul bilan yozuvga o‘rgatish 
o‘qituvchidan juda ko‘p vaqt talab etgan. Keyinchalik o‘qituvchining ishini 
osonlashtirish maqsadida harf va uning unsurlari och rang bilan ko‘rsatilgan 
alohida daftarlar ham chiqarilgan. O‘quvchilar bu daftarlardan foydalanib, harf 
va uning unsurlarini yozishga o‘rganganlar. Bunday metod bilan husnixatga 
o‘rgatish o‘quvchilarni faqat ko‘chirishga odatlantirib, harflarning shaklini 
mustaqil yozishga imkon bermagan. Shuning uchun bu metod keyinchalik kam 


140 
qo‘llanilgan. Faqat ayrim hollardagina yozuv malakasi bo‘sh bo‘lgan 
o‘quvchilarga o‘qituvchi harf va uning unsurlarini qalam bilan yozib bergan. 
O‘quvchilar esa uning uctidan siyoh bilan yurgizib chiqqanlar, lekin bu 
metoddan muntazam ravishda foydalanishga ruxsat etilmagan.
Keyinchalik bu metod takomillashib turli guruhlarga bo‘lindi.
Chiroyli yozuvga o‘rgatishning eng asosiy usullaridan biri 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin