N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

4. Ko‘rgazmalilik tamoyili.
Chiroyli yozuvga o‘rgatishda ko‘rgazmali 
vositalar ham katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘rgazmali vositalarga «To‘g’ri 
o‘tir!» plakati, bosma harf shakllari ifodalangan kartonlar, xattaxta, o‘quvchilar 
qo‘lidan ushlab yozdirish kabilar kiradi. Harfning yozma shaklini hosil qilishga 
o‘rgatishda uning bosma shakli ko‘rsatilib farqli jihatlari izohlanadi. 
Yaxshi tanlangan va mohirlik bilan foydalanilgan ko‘rgazmali qurollar 
dars sifati va samaradorligini oshiradi. 
5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili

O‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo‘yini hisobga 
olgan holda oldingi partalarga o‘tkazishdan boshlanadi. Parta o‘quvchiga mos 
bo‘lsa, u yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi. 


138 
O‘quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko‘rish qobiliyati 
yaxshi bo‘lmagan o‘quvchilarni yorug’ tushadigan deraza tomonga, eshitish 
a’zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolani esa oldingi partalarga o‘tkazish ham nazarda 
tutiladi. 
Malumki, ruchkani barmoqlar orasida noto‘g’ri ushlaydigan o‘quvchilar 
ham uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlashiga ham alohida e’tibor 
qaratiladi. 
Daftarga harflarni 65° gradus qiyalikda yozish asosiy rol o‘ynaydi. Buning 
uchun daftar - parta ustida to‘g’ri turishi lozim. Shuning uchun o‘qituvchi har 
bir o‘quvchining daftarlarini kuzatib borishi darkor. Bu qoidaga amal qilish ham 
yozuv sifatini oshiradi. 
O‘quvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish, kamchiliklarini hisobga olish, 
yutuqlarini ko‘pchilikka namuna qilib ko‘rsatish ham bu tamoyilning asosiy 
shartlaridan sanaladi. 
6. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga 
oshirish tamoyili
. Dastur talablari yozuvga o‘rgatishni o‘qishga o‘rgatish bilan 
bir paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o‘rgatishning dastlabki 
bosqichida o‘qish va yozuv bog’lab olib boriladi. Bu usul K.D.Ushinskiy 
tomondan qo‘llangan bolib, hozirga davr foydalanib kelinmoqda. O‘quvchi 
yaxshi o‘qish sifatlari (togri, ongli, tez va ifodali o‘qish)ni egallash bilan bir 
paytda yozuvga ham o‘rgatilib boriladi. Negaki yozish va o‘qish bolaning nutqiy 
rivojlanishi (lug’at boyligi, gap tuzish ko‘nikmasi, nutqning mantiqiy 
bog’lanishi)ni ta’minlaydi. Yomon o‘qigan bola yozuvni egallashi qiyin bo‘ladi, 
chunki bo‘g’inlab o‘qish malakasidan so‘ng, bo‘g’inlab yozish malakasi 
shakllanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin