230
rivojlanadiki, bu yuqori sinflardagi ta’limning samarali bo‘lishiga zamin
yaratadi.
Turli mamalakatlarning maktab dasturlari bir-biridan tubdan farq qilishi
hammaga ayon. SHuning uchun turli davlatlardan olingan natijalar o‘zaro
taqqoslana oladigan darajada bo‘lishini ta’minlash bunday tadqiqot o‘tkazuvchi
tashkilotchilarning muhim vazifalaridan biridir. Masalan, ko‘pchilik davlatlarda
bolalar 6 yoshdan maktabda o‘qishni boshlashadi. Ammo Angliya va Yangi
Zelandiyada ta’lim 5 yoshdan boshlanadi. SHuning uchun, loyihada 4-sinfdan
emas 5-sinfdan o‘quvchilar ishtirok etishadi. O‘qish va matnni tushunish sifati
tekshiriladigan o‘quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi. SHarq
mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan o‘qishni boshlagani uchun ulardan 10,7-10,9
yoshdagi o‘quvchilar tadqiqotda ishtirok etishadi.
Dostları ilə paylaş: