«Bobur va kabutar»
asarida
hazrat, a’yonlar, oliy hazrat s
o‘zlari
qo‘llangan. Asar matnida qadimiy davr bilan bog‘liq qo‘shimchalarning
qo‘llanilishi ham asarga joziba bag‘ishlaydi. Masalan:
«Kabutar ne deydur?»
kabi. Mazkur asarda ikkinchi shaxs qo‘shimchasi o‘rnida hurmat ma’nosidagi
uchinchi shaxs qo‘shimchasi qo‘llangan:
«Xatda:
Oliy hazrat, qovun ayni
pishdi. Kelib qo‘l urib bersalar».
Shu o‘rindagi
«qo‘l urib bersalar»
birikmasi
ibora hisoblanadi
.
Iboralar doim ko‘chma ma’no ifodalab, nutqning
ta’sirchanligini oshiradi. Matndan iboralar aniqlangach, ma’nosini izohlashdan
tashqari, ularga ma’nodosh yoki qarama-qarshi ma’noli iboralarni topshirish
ham yaxshi samara beradi.
Topishmoqlarda ham jonlantirish va o‘xshatishlar juda ko‘p. Masalan,
«Ayoz bobo novvot sotdi, Olgan edim, qo‘lim qotdi»
topishmog‘ida o‘xshatish,
«Chiq-chiq» ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi»
topishmog‘ida jonlantirish
qo‘llangan.
«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa»
masallarida ham badiiy til
vositalari mavjud. Xususan, ularda
«O‘g‘irlik mol aylar jonsarak», «Bola
ko‘nglin ko‘tarar», «Kosang joningga huzur», «Senga qalqon usti-bosh»,
«Parcha go‘sht bo‘lib yurar», «Jish Toshbaqa»
kabi ibora, birikma va gaplar
uchraydiki, ular ustida ishlashda
“Bunday majorolar qachon va kimlar orasida
bo‘lib o‘tishi mumkin?”, “Ularga hayotdan misollar keltiring”
kabi topshiriqlar
berish, ulardagi ma’noni boshqacha yo‘sinda bayon ettirish, o‘zaro taqqoslash,
ta’sirchanligidagi farqni aniqlatish katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan:
221
«Bola ko‘nglin ko‘tarar» -
Bolasiga yaxshi gaplar gapirar,
«Kosang joningga
huzur» -
Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi» kabi.
Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida
ishlash o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda jonlantirish,
o‘xshatish, mubolag‘a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur
hosil qilishga yordam beradi.
O‘qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab
bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun
o‘qituvchi badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli
bosqichlarida o‘qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi
zarur.
O‘qish ta’limi bo‘yicha o‘quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish
yordamida dastur talablariga javob berib bo‘lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi
tarbiyaviy g‘oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha
aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-
mohiyatni anglab yetilganda o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etishi mumkin.
Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini
shakllantirish orqali erishiladi.
Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari
bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan
mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga
yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo‘lmasdan, qat’iy
maqsad asosida izchil berilishi o‘quvchilarning o‘qilgan matn mohiyatini chuqur
anglab yetishlariga imkon yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni
taqozo etadi.
Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning o‘zlarini ham savol tuzishga o‘rgatish
lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to‘g‘ri qo‘yilgan masalaning o‘zi yarim
javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o‘quvchining dars mavzusi bilan
bog‘liq jihatlarga e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o‘rtasidagi
222
sababiy bog‘lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo‘l ochadi.
Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o‘quvchini ongli va tushunib
o‘qishga yo‘llaydi.
Dostları ilə paylaş: |