N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

«Qodir bilan Sobir»
hikoyasidagi Qodir va uning xislatlarini 
ochishda tanlab o‘qish asosida tarmoqlash usulidan foydalanilishi mumkin. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga bergan savollariga javobni xattaxtada tarmoqlash 
usulida yoritib boradi. Masalan, 
«Qodir qanday bola?», «Qodirning 
maqtanchoqligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning qo‘rqoqligi 
ifodalangan o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning yolg‘on gapini Sobir qanday 
to‘g‘riladi? Shu o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning zo‘ravonligi ifodalangan 
o‘rinni topib o‘qing. O‘qigan qismlaringiz asosida Qodirning xususiyatlarini 
isbotlab bering»
kabi savollar asosida quyidagicha jadval hosil bo‘ladi. 
Zamonaviy maktab oldiga qo‘yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilar umumiy rivojlanishining o‘sganligi, psixologiya va xususiy 
metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o‘qish mazmuni va o‘qitish metodlariga 
o‘zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog‘liq holda badiiy asarnn tahlil 
qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari 
kamaytirildi, ijodiy va o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish 
ko‘nikmasini o‘stiradigan mashqlar ko‘paytirildi, asar qismlari ustida emas, 
balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo‘ldi, asar g‘oyasi va obrazlarini 
tushuntirishda o‘quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-
xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va ilg‘or pedagogik 
texnologiya usullaridan ko‘proq foydalanila boshlandi va h. k. 
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko‘nikmalari 
belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda o‘qish malakasiga qo‘yilgan talablar 


217 
ancha aniq ajratildi. XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik 
apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o‘qish kitoblari yaratildi. 
Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 
1999 yil boshlang‘ich ta’limning ham “Davlat ta’lim standarti” yaratildi, o‘quv 
dasturlari yangilandi. 2005 yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat 
ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi, “O‘qish kitobi” 
darsliklari ham yangilandi.
O‘zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzaeva, M. S. 
Vasileva, V. G. Gorestkiy, K. T. Golenkina, L. A, Gorbushina, M. I. 
Omorokova, E. A. Nikitina, N. S. Rojdestvenskiylar, o‘zbek olimlaridan 
A.Zunnunov, K.Qosimova, Q.Abdullaeva, S.Matchonov, M.Yusupov, M. 
Umarova, X.G‘ulomovalar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o‘qish 
metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda. 
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar 
asosida tahlil qilinadi: 
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish 
malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini 
tushuntirishga oid topshiriq o‘qish malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham 
hisoblanadi). 
2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, syujet chizig‘i, 
kompozistiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilarning shaxs 
sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli 
nutqining o‘sishi (lug‘atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi. 
3. O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok 
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 
4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-
muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini 
shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi. 
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo‘lgan muhim omillardan biri 
uning o‘quvchilarga 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin