N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda
topshiriqlar: 
1.
 
Sinfda o‘qish darslarida o‘quvchilarga qanday bilimlar beriladi? 
2.
 
O‘qish darslarining tarbiyaviy ahamiyatini ayting. 
3.
 
O‘qish darslarining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
4.
 
Yaxshi o‘qish malakasining sifatlari deganda nimani tushunasiz? Ular 
o‘zaro qanday aloqada? 
5.
 
To‘g’ri o‘qish nima? Xato o‘qishni keltirib chiqaradigan sabablarni 
ayting. 
6.
 
To‘g’ri o‘qishni ta’minlovchi shartlarni sanang. 
7.
 
Tez o‘qish nima? Unga erishishning metodik usulini ayting. 
8.
 
O‘quvchilarning o‘qish sur’atiga qo‘yiladigan dastur talablarini ayting. 
9.
 
Ongli o‘qish haqida gapirib bering. 


210 
10.
 
Ifodali o‘qish, uning ahamiyatini ayting. 
 
6-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI 
TAHLIL QILISH
Tayanch atamalar:
o‘qish mavzulari, o‘qish sur'ati, nutq madaniyati, 
bo‘g’inlab o‘qish, sidirg’a o‘qish, avtomatlashgan o‘qish , analitik bosqich, 
sintеtik boskich, avtomatlashgan bosqich, ifodali o‘qish, to‘g’ri o‘qish, ongli 
o‘qish 
6.1.Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari
Rеspublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng boshlang’ich sinflar uchun 
yangi dastur va darsliklar yaratildi. O‘qish dasturlarida badiiy asarni tahlil
qilishga ko‘proq ahamiyat bеrilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil 
topshiriq turlaridan, tеxnika vositalaridan foydalanishga ko‘proq e'tibor bеrildi.
Badiiy asar quyidagi muhim mеtodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 
1.Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g’ri, tеz, ongli, ifodali o‘qish 
malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi. 
2.Asarning g’oyaviy-tеmatik asoslarini uning obrazlari, syujеt chizig’i, 
qurilishi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilarning Shaxs sifatida 
umumiy kamol topishiga, bog’lanishli nutqning o‘sishini ta'minlaydi. 
3.O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok 
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 
4.Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof 
muhit haqidagi bilimlarni kеngaytirish vositasi hisoblanadi. 
Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta'sirini ham hisobga olish zarur. 
O‘quvchi matnni o‘qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan 
hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda o‘quvchilarda fikr uyg’onsin, ularda estеtik 
didni tarbiyalasin. 
Boshlang’ich sinflar "O‘qish kitobi" da turli janrdagi badiiy va ilmiy-
ommabop maqolalar bеrilgan. Sizga ma'lumki, badiiy asarda hayot obrazlar 
orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga 


211 
munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqеlikni obrazlar vositasida 
tasvirlash, obyеktiv mazmun va subyеtiv bahoni aniq matеrialda bеrish haqidagi 
qoidalar mеtodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, 
badiiy asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga 
munosabati o‘qituvchining diqqat markazida turadi. O‘quvchilar voqеlikni 
obrazlar orqali tasvirlashning o‘ziga xos xususiyatlarini asta tushuna 
boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqealar 
tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondashilgandagina asarga haqqoniy 
baho bеrish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan 
o‘quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq. 
To‘rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o‘quvchilarni asarning g’oyaviy 
yo‘nalishini 
tushunishga 
o‘rgatish 
muhimdir. 
Psixolog 
olimlarning 
ko‘rsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina yеtarli 
emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga, unda tasvirlangan 
voqеlikka qandaydir munosabatning yuzaga kеlishini o‘z ichiga oladi. Kichik 
yoshdagi o‘quvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘ladi. 
1.Adabiy qahramonga emotsional munosabat, 
2.Elеmеntar tahlil qilish. 
Asarda qatnashuvchi Shaxslarga baxo bеrishda o‘quvchilar o‘z Shaxsiy 
tushunchalaridan foydalanadilar. Qahramonning boshqa fazilatlarini bog’lash 
uchun ularda so‘z boyligi, tajriba еtishmaydi. O‘qituvchining vazifasi 
o‘quvchilar payqay olmagan sifatlarni ko‘rsatish va o‘quvchilar nutqiga 
kiritishdir. Yana shu narsaga e'tibor bеrish maqsadga muvofiq: 
1 .O‘quvchilar asar kahramoniga munosabatlarini ifodalashda u xarakat 
qilgan sharoitni hisobga olmaydilar. 
2.Qahramonning nima uchun shunday qilishi kеrakligini tushunolmaydilar. 
uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borilishi zarur. 
Adabiy ta’lim oldida turgan vazifalardan biri badiiy asarni guruh bilan 
tahlil qilishni talab etadi. Maktab o‘quvchilarida kitobga muhabbat o‘qilgan 
kitobning sir-asrorini bilgandan keyingina shakllanadi. O‘quvchi badiiy asardan 


212 
lazzat tuysa, o‘zining zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa, 
chinakam badiiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallagan 
bo‘lsagina kitobxonga aylanadi. Chunki biror asarni o‘qish jarayonida, uni tahlil 
qilish mobaynida tuyilgan lazzat o‘quvchini boshqa asarlarni o‘qishga, ulardan 
zavqlanishga 
undaydi. 
Amaliyotda 
badiiy 
tahlil 
qanday 
maqsadga 
yo‘naltirilganligiga qarab ikki turga: filologik va didaktik tahlilga bo‘linadi. 
Filologik 
(ilmiy) 
tahlil 
badiiy 
asardan 
chiqarilgan 
xulosalarning 
adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajaga muvofiq kelishini talab qiladi. Tahlil 
jarayonidagi har bir fikr mantiqiy tushunchalar, estetik qonuniyatlar bilan 
asoslangan bo‘ladi. Filologik tahlil adabiy asarning badiiy mantiqi va estetik 
o‘ziga xosligini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy talqin bo‘lib, kuchli hissiy-
intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning 
adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil 
jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik 
qonuniyatlar bilan asoslangan bo‘lishi lozimdir. Shuningdek, ilmiy tahlilda 
o‘rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o‘rni va milliy tafakkur 
taraqqiyotiga ta’siri darajasi ko‘rsatilishi ko‘zda tutilishi kerak. Filologik tahlil 
ommaboplikdan yuqoriroq turishi va har qanday adabiy hodisa mutaxassis 
nazari bilan tahlil etilishini taqozo qiladi. Lekin filologik tahlildagi asosiy narsa 
badiiy asarning badiiyligini, ta’sirchanligini ta’minlagan jihatlari qaysilar, badiiy 
joziba, so‘z sehri, san’atning sirli tomoni nimada ekanligini ko‘rsata bilishdir. 
Muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o‘quvchi tomoni idrok etilgan badiiy 
manzara hamisha ham adib istaganiday bo‘lavermay ba’zan o‘quvchi adib 
mutlaqo ko‘zda tutmagan, xayolga keltirmagan, muallifning qarashlariga zid, 
ammo hayot haqiqati oldida to‘g‘ri bo‘lgan badiiy xulosaga kelishi mumkin. 
Chunki hayotiy vaziyatning o‘zgarishi, ijtimoiy voqelikdagi yangicha holat 
ba’zan ijodkorning oddiy intim izhori dilidan chuqur ijtimoiy ma’no topishga 
olib keladi. Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantiqi hamda 
estetik jozibasini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy tahlilga shu 
tariqa ta’rif berilganda hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab 


213 
olninadi, deyish mumkin. Didaktik (o‘quv) tahlili – ilmiy tahlil singari faqat 
ilmiy-estetik faoliyat bo‘lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir. 
Chunki pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning 
asosiy belgisidir. Dars jarayonida to‘g’ri amalga oshirilgan didaktik tahlil 
o‘quvchining badiiy madaniyatini yuksaltiradi, estetik hodisalarni ko‘rish, undan 
mantiqiy-hissiy ta’sirlanish va ular ta’sirida umumlashma xulosalarga kelish 
qobiliyatini 
shakllantiradi. 
Chunki 
badiiy 
asar 
tahlil 
qilinayotganda 
tarbiyalanuvchining tafakkuri va hissiyoti faol ishlashga majbur bo‘ladi. 
O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda maktabda o‘rganilishi ko‘zda 
tutilgan asarlarni ilmiy va estetik jihatdan to‘g‘ri tahlil etish hal qiluvchi o‘rin 
tutar ekan, o‘quv tahlili va unga xos bo‘lgan xususiyatlarni tadqiq etish adabiy 
ta’lim amaliyotida muhim ahamiyatga molik ekanligi tabiiydir. Har qanday 
didaktik tahlil ilmiy tahlil darajasiga ko‘tarilishga intiladi va filologik tahlil 
darajasiga yetganda o‘quv tahlilidan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq erishilgan 
bo‘ladi. Ayni vaqtda badiiy asarni didaktik tahlil qilish filologik tahlil etishdan 
jiddiy farq ham qiladi. O‘quv tahlili ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik 
faoliyat bo‘lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir. Chunki 
pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning asosiy 
belgisidir. Agar filologik tahlil yolg‘iz olimning aqliy faoliyati natijasi bo‘lsa, 
o‘quv tahlili odamlar bilan bevosita muloqot mobaynida amalga oshiriladigan 
jarayondir. O‘quv tahlilini amalga oshirishdan maqsad badiiy asarni to‘g‘ri 
qabul etish orqali o‘quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirish bo‘lsa, 
filologik tahlildan maqsad asarning hayotiy va badiiy mantiqi hamda estetik 
o‘ziga xosligini imkon qadar to‘liq ochib berishdan iboratdir. Didaktik tahlilning 
vazifasi badiiy asarning jozibasini, sirini, o‘ziga xosligini, ta’sir ko‘rsata olish 
sabablarini aniqlash orqali talabalarda ta’sirchan qalb, sog‘lom estetik did, ravon 
va ifodali nutq shakllantirish bo‘lsa, ilmiy tahlilning vazifasi tekshirilayotgan 
asarning jamiyat ijtimoiy tafakkuriga ta’siri va milliy badiiyat xazinasida tutgan 
o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Didaktik tahlil ilmiy tahlildan farq qilib, mantiqiy 
sillogizm (xulosa, qonuniyat)larning o‘zigagina tayana olmaydi. Negaki o‘quv 


214 
tahlilida hamisha ma’lum yoshdagi, muayyan sinfdagi, o‘ziga yarasha hayotiy 
tajribaga va o‘z yoshi hamda taraqqiyoti darajasiga mos bilimga ega bo‘lgan 
o‘quvchilar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ilmiy o‘quv tahlili vaqt jihatidan 
ham cheklangan bo‘ladi va tahlil doimo bir dars mobaynida amalga oshirilishi 
lozim bo‘lgan estetik-mantiqiy harakatlardan iborat bo‘ladi. Shu ma’noda o‘quv 
tahlili maktab umumpedagogik jarayonining uzviy bir bo‘lagi hisoblanadi. 
Filologik tahlilda tadqiqotchi vaqt jihatdan o‘zini cheklamagan holda ish 
ko‘radi. Tahlillovchi uchun badiiy asarning butun sirini to‘liq namoyon etishdan 
bo‘lak maqsad yo‘q. Badiiy asarning cheklanmagan, adog‘i yo‘q go‘zalligi bilan 
ish ko‘rayotgan adabiyot o‘qituvchisi esa o‘quvchilar aqliy va hissiy 
imkoniyatlarining cheklanganligi, muayyan asarni o‘rganishga ajratilgan 
vaqtning chegaralanganligi bilan hamisha hisoblashishga majbur bo‘ladi. 
Didaktik tahlil har bir adabiyot o‘qituvchisi uchun doim ikki bosqichli jarayon 
hisoblanadi. Birinchi bosqichda o‘qituvchi darsga tayyogarlanish jarayonida 
ertaga sinfda o‘qitiladigan asarni tahlil etadi, bu o‘qituvchining yakka tartibidagi 
tahlili. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi bilan sinfdagi o‘quvchilar hamkorligida 
darsda muayyan asar tahlil etiladi. Buni jamoa yordamidagi tahlil deymiz. 
Didaktik tahlil jarayonida o‘quvchilarning ishtirok etishiga ko‘ra tahlilni 
alohida, guruhli, yoppasiga tahlil turlariga ajratish mumkin. O‘quvchilar 
tomonidan berilgan har qanday javob qabul qilinishi kerak. Fikrni aytgan 
o‘quvchi uni asoslaydi, sababini tushuntiradi. Asosiysi, o‘quvchilar mavzuga 
kirishib ketadilar. Ajratilgan vaqt tugagach, o‘quvchilar birma – bir timsollarni 
tanishtirib o‘tadilar. O‘qituvchi fikrlarni xulosalaydi qaysi guruh qanday 
bajarganligi izohlaydi. O‘qituvchi guruhlarga savol tashlaydi. Har guruhdan 
o‘quvchilar personajlar xususiyatlarini sanaydilar. O‘quvchilarni faolligini 
susaytirmaslik uchun o‘qituvchi ularning fikrini noto‘g’ri deb aytmasligi lozim. 
Aksincha, asar bo‘yicha savollar berib javoblarni asoslab oladi. Fikrlarni 
o‘qituvchi xulosalaydi, keyingi bosqichga o‘tiladi. Bu bosqichda o‘quvchilar 
asar qahramonlarining ijobiy, salbiy va o‘xshash tomonlarini topadilar. 
O‘quvchilar timsollarining o‘xshash va farqli jihatlarini aytgach, fikrlar 


215 
xulosalanadi. O‘quvchilardan kutilmagan qiziqarli javoblar chiqishi mumkin. 
Muhimi, ular mustaqil fikrlaydilar. Yakuniy qismda o‘qituvchi darsdan olgan 
xulosalarini aytib, asarni tahlilini pedagogik-psixologik va ma’naviy-estetik 
jihatdan maqbulini asoslab berishi lozim. Badiiy asarni mazkur tarzda sinf bilan 
tahlil qilish, o‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishga va badiiy adabiyotni 
o‘qishga qiziqishini oshirishda katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin