N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

To‘g‘ri o‘qish
deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o‘qish 
tushuniladi, ya’ni to‘g‘ri o‘qish so‘zning tovush-harf tarkibini, grammatik 
formalarni buzmasdan, so‘zdagi tovush yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirmay, 
oshiqchasini qo‘shmay, harflar o‘rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so‘zga 
urg‘uni to‘g‘ri qo‘yib o‘qish hisoblanadi. M. Odilova va T. Ashrapovalar 
«Adabiy talaffuz normalariga qo‘yilgan barcha talablar to‘g‘ri o‘qish 
ko‘nikmasiga ham taalluqlidir»,
- deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva 
to‘g‘ri o‘qishga quyidagicha ta’rif bergan: 
«To‘g‘ri o‘qish - bu materialni tovush 
tomondan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko‘chirishdir».
Demak, to‘g‘ri 
o‘qish so‘zning tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik 
me’yorlar asosida o‘qishdir. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn 
mazmunini tushunish o‘rtasida puxta sintez yo‘q bo‘lgani uchun ular o‘qishda 
xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi. 
To‘g‘ri o‘qish so‘zning uzun-qisqaligiga, o‘quvchining so‘z boyligiga, 
ya’ni so‘zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so‘zning bo‘g‘in va 
morfemik tarkibiga bog‘liq. O‘quvchilar ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra 
xatoga yo‘l qo‘yadilar: 


203 
1.So‘zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o‘rtasida puxta 
sintez bo‘lmagani uchun, ya’ni bola so‘zning oldin tovush tomonini ko‘radi, uni 
talaffuz qilishga oshiqadi. So‘zning ma’nosini esa e’tibordan chetda qoldiradi. 
2. So‘zning bo‘g‘in tuzilishi murakkabligi tufayli so‘z ko‘p bo‘g‘inli 
bo‘lsa, bola uni oldin eshitmagan bo‘lsa xatoga yo‘l qo‘yadi. 
3 So‘zning ma’nosini bitlmaslik tufayli xatoga yo‘l qo‘yadi. 
4. Tez o‘qiyman deb xatoga yo‘l qo‘yadi. 
5. To‘g‘ri o‘qish yorug‘likning tushishiga ham bog‘liq. 
6. Undosh tovush so‘zning o‘rtasida va oxirida kelgan yopiq bo‘g‘inli 
so‘zlarni o‘qishda qiynaladilar. 
Xato o‘qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi: 
1.Matnni o‘qitishdan oldin undagi o‘qilishi qiyin so‘z, birikma va gaplarni 
aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab 
so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qilishini mashq qildirish. 
2.Matnni o‘qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan 
so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini tushuntirish. So‘z ma’nosini izohlash usullarini 
aniqlash. 
3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish 
4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o‘qishlari uchun sharoit yaratish. 
5. Oldin ichda o‘qitish, so‘ng ovoz chiqarib o‘qitish. 
6.O‘qitishda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, 
ya’ni matnni oson, o‘rtacha qiyinlikda va qiyin o‘qiladigan o‘rinlarini belgilab 
olib unga kuchi etadigan o‘quvchilarga oldindan taqsimlab olish. 
7.O‘quvchilarning o‘qishini muntazam tekshirib turish.
8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to‘g‘ri tuzatish 
yo‘lini aniqlash. 
9.O‘quvchilarni xato qilish mumkin bo‘lgan o‘rindan ogohlantirib turish. 
10.Xat cho‘pdan foydalanish. 
11. Xato o‘qish o‘quvchining shaxsiy ko‘ruv sezgisiga ham bog‘liq 
bo‘ladi. 


204 
O‘qituvchi tuzilishi murakkab so‘zlarni oldindan doskaga yoki kartonga 
bo‘g‘inlarga bo‘lib yozib qo‘yib, o‘quvchilarga xor bo‘lib o‘qitilishi yaxshi 
natija beradi. 
O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato ikki xil yo‘l bilan tuzatiladi: 1) O‘quvchi 
so‘z 
oxiridagi 
qo‘shimchani 
noto‘g‘ri 
o‘qisa, o‘quvchini o‘qishdan 
to‘xtatmasdan xatoni to‘g‘rilash mumkin; 2) xato o‘qish bilan gaplarning 
mazmuni buzilsa, qayta o‘qitish usulidan foydalaniladi.Bunda o‘quvchiga 
o‘qigan matni yuzasidan savol berilsa, o‘quvchi e’tiborli bo‘lib qayta o‘qiydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin