N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


O‘qish darslarida qo‘llaniladigan metod va usullar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

O‘qish darslarida qo‘llaniladigan metod va usullar.
Ilg‘or pedagogik 
texnologiya usullaridan foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati doirasini 
aniq belgilab beradi.


197 
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qish faoliyati barcha 
predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o‘qishga o‘rgatish yo‘l-yo‘riqlarini 
o‘qish metodikasi ishlab chiqadi. O‘qish metodikasi kichik yoshdagi 
o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi 
yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
O‘qish darslarining samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim metodlarining to‘g‘ri 
tanlanishiga bog‘liq.
Masalan, eski maktablarda o‘qish quruq yod olish metodi asosida 
o‘rgatilgan bo‘lsa, hozir izohli o‘qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida 
matndagi so‘zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o‘qilganni qayta 
hikoyalashga umuman olganda, o‘qishning ongli bo‘lishiga mutlaqo e’tibor 
berilmagan. Ularda ko‘proq to‘g‘ri talaffuz, qiroat bilan o‘qish, ifodali o‘qish 
nazarda tutilgan. 
Hozir maktablarda o‘qish izohli o‘qish metodi asosida olib borilayotgan 
ekan, quyidagicha savol tug‘iladi: 
Izohli o‘qish nima?
Izohli o‘qishga XX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy 
asos solgan, u o‘qishda o‘quvchilarni «ongli, tushunib, o‘ylab o‘qishga» 
o‘rgatishni alohida ta’kidlaydi va uni «Izohli o‘qish» deb nomlaydi. 
Izohli o‘qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar 
kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o‘qish o‘quvchilarga real bilim berish vositasi 
desa, Vodovozov va Bunakov o‘quvchilarga o‘qish jarayonida bilim badiiy asar 
tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog‘liq holda beriladi, degan fikrni 
ilgari suradilar. 
Professor Asqar Zunnunov o‘qitishning mazmuni va usullari haqida fikr 
yuritib, o‘quvchilarning oldin bilimlarni o‘zlashtirishiga, so‘ng yod olishlariga 
e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o‘qish deb nomlanganini ta’kidlaydi. 
Demak, 
izohli o‘qish
deb o‘ylashga, his qilishga, asarni to‘liq idrok 
qilishga, o‘qilganning mazmunini o‘zlashtirishga olib keladigan o‘qishga 
aytiladi. Izohli o‘qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, 
yozuvchi ilgari surayotgan g‘oyani anglashni ta’minlaydi. 


198 
Izohli o‘qish qo‘yidagi tamoyillarga to‘liq amal qilingandagina 
muvaffaqiyatli bo‘ladi: 
1. O‘qishni hayot bilan bog‘liq holda tashkil etish. 
2. O‘qishning ongli va ta’sirchan bo‘lishi uchun o‘quvchilarning hayotiy 
tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. 
3. O‘qishni ko‘rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga 
ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosini kuzatish, 
rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o‘quvchining 
ifodali o‘qishi tarzida olib borish. 
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, 
hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o‘qib 
o‘rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o‘ziga xos shakl, uslub va mazmunda 
yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o‘ziga xos usulda 
o‘qib o‘rganish taqozo qilinadi. 
Badiiy asarni izohli o‘qishga yaqin bo‘lgan metodlardan biri 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin