195
sinf),
S. Barnoevning
«Mangulikka tatigulik kun»,
E.Malikovning
«Assalom,
Neksiya!»
(4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o‘quvchilar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil
fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday
mavzudagi asarlar o‘quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga
nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag‘riga sayohat
uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o‘rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar
tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor
kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada
ortadi.
Umuman, «O‘qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga
ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma
nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi «O‘qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga
o‘tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi
hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o‘rgatiladigan
«Ajdodlarimiz-faxrimiz»,
«Ilm-aql chirog‘i», «Zumrad bahor», «Kumush qish»
kabi mavzular 2-4-
sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o‘quvchilarning oldingi bilimlari
to‘ldiradi va boyitadi.
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o‘laroq, boshlang‘ich
sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish,
asar matni ustida ishlash ta’limning
Dostları ilə paylaş: