N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

 
4-MODUL. SINFDA O‘QISH MЕTODIKASI 
5-MAVZU: SINFDA O‘QISH DARSLARINING TA’LIMIY-
TARBIYAVIY AHAMIYATI VA VAZIFALARI
Tayanch so‘zlar:
ongli o‘qish, o‘qish malakalari, , anglab o‘qish,
 
to‘g‘ri 
o‘qish, ovozli o‘qish, sintetik bosqich,
 
Intonastiya, ovozli o‘qish,.ichda o‘qish., 
shivirlab o‘qish, tarbiyaviy ahamiyat, ongli o‘qish, milliy qadriyatlar, vatanimiz 
tarixi, ijtimoiy tarixiy mavzular. 


193 
 
5.1. O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari 
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va 
vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida 
savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham 
boshqa predmetlar ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish 
bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning 
Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda 
tutilgan o‘quv-biluv ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l 
ochiladi. Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni 
anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi. 
Shu maqsadda «O‘qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab 
turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, 
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va 
tinchlik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga 
mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. 
O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va 
gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida 
uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular 
bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. 
Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan 
mavzular o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, 
dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllantirishga 
qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra, o‘qish darslarining etakchi xususiyati 
o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga o‘quvchilarni milliy 
mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning 
mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, 


194 
mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi 
umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. 
O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, 
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va 
tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat 
haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni 
anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir. 
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o‘qish 
darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo‘lib, 2-sinf “O‘qish kitobi”dagi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin