N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


tire bilan orfografik belgi hisoblanadigan  chiziqchani



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

tire
bilan orfografik belgi hisoblanadigan 
chiziqchani
(defisni)
farq qilmaydilar, ya’ni bularning har ikkisini bir xil kattalikda qo‘ya 
beradilar. Bu kamchilikning oldini olish zarur, chiziqcha (defis) tirening uchdan 
bir qismi bo‘lishi kerak. 
Qavs uch xildir: kichik qavs, o‘rta qavs, katta qavs. Bularning hammasi 
matematikada qo‘llaniladi. Xatda esa tinish belgi sifatida asosan kichik qavs 
ishlatiladi. 
Ochiladigan va yopiladigan qavslarning o‘rta qismi yarim doira shaklida 
yoziladi. Kichik qavsning uchdan bir qismi daftar chizig’ining ostiga tushib 
turadi. 
Qo‘shtirnoq odatda ikki xil (yozma va bosma shakli) qo‘yiladi. Yozma 
qo‘shtirnoq qo‘shaloq vergulga o‘xshab ochiladi, yopilishida esa teskari 
qo‘shaloq vergul tarzida qo‘yiladi. 
Qo‘shtirnoqning bosma shakli matematikadagi kichik va katta belgilarning 
qo‘shaloq shakliga o‘xshaydi, u bosma tekstlarda qo‘llanadi. 
Bolalarning yozma ishlarida qo‘shtirnoqning yozma shakli ishlatilishiga 
erishish lozim, buning uchun maxsus mashq o‘tkazib, qo‘shtirnoqning yozma va 
bosma shakllarini eslatib turish kerak. 


192 
Har bir tinish belgisi aniq va chiroyli qilib qo‘yilib, harflarning moyilligiga 
muvofiq, o‘ng tomonga qiya bo‘lib turishi zarur; bo‘yi, katta-kichikligi esa 
harflarga monand bo‘ladi. 
Shunday qilib, husnixat qoidalariga faqat harflarni yozishdagina emas, 
balki tinish belgilarini qo‘yishda ham rioya qilish zarur. 
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda
topshiriqlar: 
1.
 
Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish yo‘llari borasida gapirib 
bering. 
2.
 
Alifbegacha bo‘lgan davrda qanday tayyorgarlik mashqlari tashkil 
etiladi? Ularni qanday gurunlarga bo‘lish mumkin? 
3.
 
Alifbe davrida yozuv darslari qanday tashkil etiladi? Bunday 
darslarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 
4.
 
Ikkinchi sinfda partada to‘g’ri o‘tirish malakasi qanday usullar bilan 
mustahkamlanadi? 
5.
 
2- sinfda yozuv qurollarini to‘g’ri ushlash malakasi qanday o‘stiriladi? 
6.
 
O‘xshash unsurli kichik va bosh harflarni yozish usullari borasida 
nimalarni bilasiz? 
7.
 
Uchinchi sinflarda husnixat darslari qanday tashkil etiladi? 
8.
 
To‘rtinchi sinflarda husnixat darslari qanday tashkil etiladi? 
9.
 
Nega biz raqamlarni aniq va chiroyli yozishga o‘rgatishimiz lozim? 
10.
 
Tinish belgilarini yozish metodikasi borasida gapirib bering. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin