N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


b harfi ikki xil shaklda yoziladi:  Agar kichik  b



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

b
harfi ikki xil shaklda yoziladi: 
Agar kichik 
b
harfi so‘zning oxirida kelsa, yopiq holda yoziladi, 
so‘zning boshida yoki o‘rtasida kelsa, ulash unsuri bilan qo‘shib yoziladi: 
O‘quvchilar bu harfning yuqoridagi chiquvchi unsurini bir tomonga
qiyshaytirib yozsalar uni quyidagicha mashqlar o‘tkazish orqali tuzatish
mumkin: 
Kichik 
x
harfi o‘ng va chap yarim cho‘zinchoq doira shaklidan iborat
bo‘lsa ham, ular bir-biriga bog’lab yoziladi. 
Bu harfni yozishda o‘quvchilar quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar: 
1. Harf unsurlarining ustidan qo‘lni qayta aniq yurgiza olmaydilar: 


186 
Bunday xato ayniqsa uning elementlarini qo‘shib yozishda ko‘proq
uchraydi. 
Harf unsurlarini bog’lashda qo‘l harakatini uzib yozadilar: 
Bunday xatolarning bo‘lmasligi uchun
x
harfni qo‘l harakatini uzmasdan
yozishni qayta mashq qildirish lozim. 
Endi o‘xshash unsuri bosh harflar guruhlaridan ayrim harflarning
yozilishi borasida to‘xtalib o‘tamiz. 
Birinchi guruhdan: Katta 
U
harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, birinchi 
unsuri ham usti, ham tagi ilmoqli, uzun tayoqcha shaklidan, ikkinchi unsuri
esa tagi ilmoqli uzun tayoqcha shaklidan iborat: 
Bu harfni yozishda o‘quvchilar ham osti, ham usti ilmoqli birinchi
unsurini haddan tashqari yotiq qilib, burib yozadilar: 


187 
Ikkinchi guruhdan: Katta 
H
harfi unsurlarga ajratilmay, bir butun
shaklda yoziladi. Uning pastki va ustki tugunchaklari bir xil bo‘lishi lozim: 
Katta 
H
harfining yozilish texnikasi murakkab bo‘lmasa-da, 
o‘quvchilarning yozuvlarida quyidagicha o‘xshash ayrim kamchiliklarni
uchratish mumkin: 
1. Harf unsurlarining burilish joyini juda katta yoki kichik qilib
yozadilar: 
Katta
K
harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, ikkinchi unsuri ham usti, 
ham tagi ilmoqli tayoqchadan iborat bo‘lib, keyingi kichik harflar bilan
oson bog’lanadi: 
O‘quvchilar bu harfni yozishda ruchkani chiziqning ustidan qayta aniq
yurgiza olmaydilar yoki qo‘l harakatini uzib, unsurlarga ajratib yozadilar: 
Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun o‘qituvchi qo‘lning
aniq harakat qilishni va qo‘lni uzmasdan yozishni muntazam ta’kidlab
turishi lozim. 


188 
Beshinchi guruhdan: Katta 
Y
harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, birinchi 
unsuri tagi va usti ilmoqli tayoqcha shaklidan, ikkinchi unsuri esa tagi
tugunchakli uchun tayoqcha shaklidan iborat. Ammo uning unsurlari bir butun 
shaklda yoziladi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin