N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

t
harfi bilan xato yozilgan
t
harfini 
yonma-yon yozadi. 
Noto‘g’ri yozilgan bu harfning asosiy kamchiligi nimadan iborat 
ekanligini o‘qituvchi o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar javob beradilar. 


176 
(Ikkinchi usti ilmoqli kichik tayoqcha unsuri birinchi unsurdan kichik, 
uchinchi unsuri esa ikkinchisidan ham kichik). 
O‘quvchilar bu harfdagi xatoni aytib beradilar (Birinchi unsuri bilan 
ikkinchi unsuri orasidagi masofa yaqin, ikkinchi unsuri orasidagi masofa yaqin, 
ikkinchi unsuri bilan uchinchi unsuri orasidagi masofa esa olis). 
Shundan keyin o‘qituvchi doskadagi noto‘g’ri yozmagan harflarni
o‘chirib tashlab, uning to‘g’ri yozilishini qayta ko‘rsatib beradi, o‘quvchilar
ko‘chirib yozadilar. 
Shunday qilib, yozuvning qiyaligini to‘g’ri saqlash uchun, birinchi 
navbatda, daftarning parta ustida to‘g’ri turishini ta’min etish, o‘z-o‘zini 
tekshirish uchun esa qo‘shimcha mashqlar berish lozim. Xatolar ustida
ishlash esa o‘quvchilar yozuvini mukammallashtiruvchi muhim omillardan
biridir. 
Bu sinfda yozuv grafikasini o‘stirish uchun berilgan mashqlarning
xarakteri 1-sinfga o‘xshash bo‘lsa-da, maqsad harflarning kengligini,
balandligin va qiyaligini to‘g’ri saqlashdan iborat bo‘lib, bir chiziqli daftarga 
yozish malakasi ona tili materiallari bilan bog’liq holda olib boriladi. 
O‘quvchilar harflarni unsurlarga bo‘lib yozmasalar ham, har bir harfning
qanday unsurlardan tuzilishini, yozayotganda peroni qaysi tomonga harakat
qildirishni, qayerda burilish bo‘lishini, qaysi unsur qanday qiyalikda 
yozilishini va boshqa qoidalarni yaxshi bilishlari kerak. 
Ta’kidlangnidek, 1-sinfda o‘quvchilarga harflarn qiya chiziqlari siyrak
bo‘lgan ikki chiziqli daftarga yozishga o‘rgatilgan bo‘lsa, 2-sinfdan boshlab 
bir chiziqli daftarga yozish o‘rgatiladi. Undan tashqari, harflarni guruhlarga
ajratish ham 1-sinfdan farq qiladi. 
Husnixatga o‘rgatish metodlari ichida genetik metodi ham bor. Bu
metoddan foydalanishda harflar ma’lum o‘xshash guruhlarga ajratilishi va 
ularning qanday unsurlardan iborat ekanligini ko‘rsatish lozim. Hozirgi
kunda ham bu metoddan qisman foydlanilmoqda. Genetik metodning asosiy 


177 
xususiyati kichik va bosh harflarni guruhlarga bo‘lib yozdirishdir. Masalan, 
harflarni quyidagi guruhlarga bo‘lib yozish tavsiya etiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin