171
boshlab o‘qituvchining oldida qator bir-birini to‘ldirib
va takomillashtirib
borishni taqozo etadigan murakkab vazifalar turadi: partada to‘g’ri o‘tirish,
ruchkani to‘g’ri ushlash malakasini o‘stirish, harflarning qiyaligini va
balandligini to‘g’ri saqlash, yozuv texnikasini takomillashtirish va boshqalar.
2-sinfda ham sharikli ruchkada yozish malakasi rivojlantiriladi.
1-sinf o‘quvchilariga qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan
ikki chiziqli
daftarga yozish o‘rganilgan bo‘lsa, 2-sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga
toza, aniq va tez yozish malakasi singdirib boriladi.
2-sinf o‘quvchilariga bir chiziqli
daftarga kichik harflarning
balandligini 4 mm, bosh harflarning balandligini esa 8 mm yozishga
o‘rgatiladi. Husnixatga o‘rgatishning birinchi
kunidan boshlab yozish
vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilarning ruchkani qanday ushlayotganliklarini
kuzatib borishi va siyoh to‘ldirish qoidalarini eslatib o‘tishi lozim. Bu sinfda
ko‘proq harflarni bir xil balandlikda chamalab yozishga o‘rgatish
talab
etiladi. O‘quvchilar bilan ular bir chiziqli daftarga yozishga o‘tishlaridan
oldin harflarni bir xil balandlikda yozish mashqlari o‘tkaziladi (mashqlar
namunasi 2-sinf uchun chiqarilgan «Husnixat» daftarida beriladi). Bunda
o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o‘stirishga
qaratiladi. Birinchi navbatda o‘qituvchi o‘z shogirdlarini «Husnixat»
daftari
bilan to‘liq ta’minlashga erishishi lozim. Shundagina uning zahmatlari
kerakli natijani berishi mumkin. Agar hamma talabalarda «Husnixat» daftari
bo‘lmasa ularning o‘zlashtirishlari ham har xil bo‘ladi. Tayyorgarlik
mashqlari
asta-sekin quyidagicha murakkablashtirib boriladi:
1-mashq
172
2-mashq
3- mashq
4- mashq
5- mashq
Ammo o‘tkazilgan mashqlar ayrim o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatmasligi,
ular bir harfni katta, ikkinchisini kichik,
birini baland, ikkinchisini past qilib
yozib qo‘yishlari mumkin. O‘qituvchi bir o‘quvchilarning
daftarlarini
tekshirayotganda noto‘g’ri yozilgan harflarni tuzatib yozib qo‘yish va
keyingi darsda ularning qanday xatoga yo‘l qo‘yganligini aytib o‘tish
lozim.