175
O‘quvchilar ular orasidagi farqni ko‘rsatib beradilar. Shundan keyin
o‘qituvchi yozuv o‘ng tomonga 65º qiya bo‘lishligini yana ta’kidlaydi.
Bunday mashqlar o‘quvchilar
kuzatuvchanligini oshiradi, o‘quvchilarga
xatning qiya yozilishi shart ekanligini anglatadi. Ba’zi o‘quvchilar harflarning
uchun tayoqcha unsurini yozishda qiynaladilar. Bunday kamchilikning oldini
olish uchun shunday unsurlardan tashkil topgan
harflarni mashq qildirish
kerak (Bu mashqni o‘tkazishda unsurlarning qiyaligini to‘g’ri saqlashga
yordam beruvchi qo‘shimcha qiya chiziqchalar ham beriladi.
Bunda o‘quvchilar harflar yonidagi tayoqcha unsuriga qarab harflarning
qiyaligini to‘g’rilab, o‘zlarining yozuvlarini tekshirib boradilar.
2-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan mashqlar
tekshiruv xarakterida
bo‘lishi ham mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchilarga harflarning to‘g’ri yozilishini ko‘rsatish bilan
birga har bir harfning shaklini (qayerdn boshlanib, qayerdan tugatishni) ham
o‘rgatishi lozim.
O‘quvchilarni to‘g’ri va noto‘g’ri yozilgan
harflarni farq qila olishga,
ularning asosiy kamchiligi nimadan iborat ekanligini aniqlay olishga o‘rgatish
kerak.
O‘qituvchi o‘rgatilayotgan harfning shaklini va yozilish tarkibini doskada
ko‘rsatib bo‘lganidan so‘ng, o‘qituvchilarning 4-5 marta yozishlarini talab
etadi. Bu vaqtda o‘qituvchi sinfni aylanib chiqib,
xato yozayotgan
o‘quvchilarning daftariga to‘g’risini yozib berib, shunga qarab yozishni
buyuradi.
Noto‘g’ri yozilgan harflarning shaklini tahlil
qilish orqali ularning
kamchiligini topishni o‘qituvchi doskada ham mashq qilib ko‘rsatishi
mumkin. Masalan, to‘g’ri yozilgan kichik
Dostları ilə paylaş: