I. O‘xshash unsurli kichik harflar guruhlari:
1-guruh: i, u, n, m, t, e, y.
2-guruh: h, j, k, f.
3-guruh: o, o‘, q, a, g, g’, p.
4-guruh: e, b, x.
4-guruh: r, v,s, sh, ch.
II. O‘xshash unsurli bosh harflar guruhlari:
1-guruh: U, L, Z, I.
2-guruh: M, R, K, N, A.
3-guruh: O, O‘, Q, Ch, Ch.
4-guruh: E, S, SH, Z.
5-guruh: V, G, Q, U.
6-guruh: T, F, R, B, R.
1-guruh o‘xshash unsurli kichik harflar. Kichik
i
harfining yozilishi
o‘quvchilarga unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Ular bu harfni yozishni tez
o‘rganib oladlar. O‘qituvchi faqat harfning nuqtasi va ilgaksimon unsurini
to‘g’ri qo‘yilishi va yozilishiga e’tibor qaratadi. Bu harf ikki urinishda
yoziladi. Avval nuqtadan pastki qism, so‘ngra nuqta qo‘yiladi. Kichik
i
harfini yozishda o‘quvchilar quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
1. Harf nuqtasini balandroqda yoxud pastki asosiy unsurga yopishtirib
yozadilar:
2. Asosiy unsure ilmog’ini noto‘g’ri – burchakli yoxud xat barobarida
yozadilar:
178
Bunday kamchiliklarni oldini olish uchun o‘quvchilar ko‘proq mashq
qilishlari lozim va namunaga qarab yozishni o‘zlashtirishlari kerak/
Kichik
u
harfining yozilishi o‘quvchilarga tanish bo‘lsa ham uning
yozilish shaklini qayta ko‘rsatish zarur: Ikki chiziqning o‘rtasini belgilab olib,
pastga qarab kichik tayoqcha tushuramiz va uni pastki chiziqqa etkazmay turib
o‘ngga buramiz va yuqoriga qarab davom ettiramiz. qo‘lni daftardan olmasdan
turib, ikkinchi unsurini tushiramiz:
Kichik
u
harfini yozishda o‘quvchilar quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yishlari
mumkin:
1. Harf unsurlari orasidagi masofaralni juda keng yoki tor va burilish joyini
qirrali qilib yozadilar:
2. Harfni juda yirik (8 mm balandlikda) yoki juda mayda (2 mm
balandlikda) qilib yozadlar:
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun daftarni to‘g’ri tutish
malakasi mustahkamlanadi, harf unsurlarini bog’lab yozishga o‘rgatiladi.
179
Kichik
n
harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, ular qo‘shib yoziladi:
Bu harfni yozishda o‘quvchilar quyidagi kabi xatolarga yo‘l qo‘yishi
mumkin:
1. Birinchi va ikkinchi unsurlarini yozishda qiyalikni har xil qilib
qo‘yadilar:
2. Harf unsurlari orasidagi masofani keng yoki tor qilib yozadilar:
Kichik
m
harfi uch unsurdan iborat bo‘lib, ular qo‘l harakati uzilmay bir-
biriga bog’lab yoziladi.
Bu harfni yozishda uchraydigan asosiy kamchilik-unsurlar orasidagi
masofani to‘g’ri saqlay olmaslik:
Bunday kamchilikning oldini olish uchun to‘g’ri va noto‘g’ri yozilgan
harflarni taqqoslab ko‘rsatish lozim.
Kichik
Dostları ilə paylaş: |