2-Ma`ruza Psixodiagnostika tarixi. Psixodiagnostik tekshiruvlar va tadqiqotlar



Yüklə 182,12 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü182,12 Kb.
#42395
2-m psixodiagnostika tarixi

2-Ma`ruza

Psixodiagnostika tarixi. Psixodiagnostik tekshiruvlar va tadqiqotlar

  • Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning psixologik tadqiqotlar sohasi sifatida shakllanguncha bo‘lgan davrda psixodiagnostikaga oid bilimlar taraqqiyotidan lavhalar (Qadimgi Xitoy, Yunoniston, Bobil va boshqa davlatlarda kundalik hayot ehtiyojlari ta`sirida ilk psixodiagnostik va ekspremental tekshiruvlarning o‘tkazilishi, o‘rta asr faylasuf va yozuvchilari asarlarida psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaga doir qarashlarning ifodalanishi),
  • psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Galton F., Kettell Dj., Bine A., Ebbingauz G., Goddard G., Gudinaf F., Gezell A., Vudvorts R., Ol’ort G., Rorshax G. va boshqalarning qarashlari. XX asrning 20-30- yillarida testologiyadagi inqiroz. XX asrning 30 yillaridan hozirga qadar psixodiagnostik bilimlarni rivojlanishi: Raven Dj., Veksler D., Rozensveyg S., Ayzenk G., Lyusher M., Kettell R., Kelli Dj., Rotter Dj.). Dastlabki eksperimental laboratoriyalarning ochilishi. Sobiq ittifoqda psixodiagnostika va ekspremental psixologaya fanining taqdiri, O‘zbekistonda eksperimental laboratoriyalarning ochilishi.
  • Psixodiagnostikaning rivojlanish tarixi ko‘p asrlarga borib taqaladi. Individual psixologik farqlami aniqlashga moijallangan dastlabki testlar 4000 yil oldin ma'lum boigan. Qadimgi madaniyat tarixini o‘rganish bunga yaqqol
  • misol bo‘la oladi.
  • Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida eksperimental asosda vujudga keldi.
  • Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879); J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus (1891); A.Binet va V.Henri (1896); A.Binet va Th.Simon (1905)Iarning ishlari katta ahamiyatga ega boidi. Bu tadqiqotlarda individual farqlami o‘rganishning yangi statistikaga asoslangan quroli - test ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo‘nalish asoschisi F.Galton testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o'lchash metodi sifatida qo‘llanildi, keyinchalik esa undan shaxsni, uning reaksiyalarini o‘rganishda foydalanila boshlandi.
  • Rus psixologiyasida diagnostik metodlardan foydalanish o‘z tarixiga ega. Bu jarayonda shartli ravishda 2 bosqichni ajratish mumkin.
  • Birinchi bosqich o‘tgan asr 20-yilIarining boshidan 30 yillar o‘rtasigacha boigan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bunga bogiiq ravishda pedalogiya - bola haqidagi fan rivojlana boshlandi.
  • Uning predmeti - bolalar hayotini o'rganish, irsiyatning rolini, jismoniy va ma'naviy taraqqiyot qonunlarini aniqlash, bolalar psixikasida kasallik ko‘rinishlarini oiganishdan iborat (K.N.Kornilov, 1917). Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishiga M.S.Bernshteyn, L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.G.Gellershteyn, N.D.Levitov, G.I.Rossolimo, P.I.Shpilreyn, A.M.Shubert va boshqalar katta hissa qoshdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilg'or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi,
  • chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy topsiq yuzaga keldi. Mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiy shaxs psixik taraqqiyoti xususiyatlarini o‘rganishga muhim hissa qopshdi. Uning ta'limoti insonga xos bolgan psixik jarayonlar va inson ongining tarixiy rivojlanishiga bag‘ishlandi. Uning fikricha, bolalar psixik taraqqiyoti insoniyat madaniyatini o'zlashtirishi natijasida ro‘y beradi. Bunda shaxs shakllanishida ta'lim va tarbiya jarayonlari etakchi rol o‘ynaydi.

Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50 - 60-yillarga to‘g‘ri keladi

  • . Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e'tibor berildi. Jumladan, A-A.Lyublinskaya tadqiqotlarida nutq va uning funksiyalarining rivojlanish xususiyatlari o‘rganilgan. A.R.Luriya rahbarligida faoliyatni boshqarishda nutqning roli o‘rganildi. A.N.Leont'ev va A.V.Zaporojets rahbarligida asosiy psixik jarayonlarning rivojlanishida faoliyatning roli o'rganilgan.

Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar.

  • Veber va Fexnerning maqsadi tashqi tapsirotlar (fizik omillar) tapsirida sezgilarning o'zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo‘zg‘atuvchi tapsirlar o‘rtasidagi q’iyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo‘zg‘atgich logarifmiga proporsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexner o‘tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo‘lishiga olib keldi.

Yüklə 182,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin