N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Ongli o‘qish
.Ongli o‘qish yaxshi o‘qishning asosiy sifati hisoblanadi. 
Ongli o‘qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g‘oyaviy yo‘nalishini, 
obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o‘qish, shuningdek, asarda 
tasvirlangan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini ifodalay olishdir.Ongli o‘qish 
o‘z navbatida, o‘quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so‘zning leksik 
ma’nosini,gapda so‘zlarning bog‘lanishini tushunishga va bir qator metodik 
shartlarga bog‘liq. Hozirda ongli o‘qish atamasi adabiyotlarda va maktab 
tajribasida ikki ma’noda: birinchidan, o‘qish jarayonini egallashga nisbatan 
o‘qish texnikasi ma’nosida,ikkinchidan, keng ma’nodagi o‘qishga nisbatan 
o‘qish sifatlaridan biri ma’nosida qo‘llanadi. 
Matnni ongli o‘qish uchun o‘quvchilar o‘qish sifatlaridan to‘g‘ri, 
me’yorida o‘qishni egallagan bo‘lishlari va o‘qish jarayonida qiynalmasligi talab 
etiladi. O‘quvchilar matnni ongli o‘qishlari uchun matn mazmuni va badiiy 
vositalari jihatidan tahlil qilinadi. 
Ongli o‘qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish 
hisoblanadi.O‘qituvchi ongli o‘qishni matnni ifodali o‘qishga (agar ovoz 
chiqarib o‘qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning 


206 
to‘g‘riligiga qarab baholaydi. Ongli o‘qish va ifodali o‘qish bir-birini taqozo 
qiladi, ammo bir-biriga aynan o‘xshamaydi. 
Ifodali o‘qish
intonatsiya – ohang yordamida asarning g‘oyasi va 
jozibasini to‘g‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. 
”Ifodali o‘qish adabiyotni konkret va ko‘rgazmali o‘qitishning dastlabki va 
asosiy formasidir”, deb ta’kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova. Demak, 
”Ifodali o‘qishning asarning mazmunini va emostionalligini intonastiya orqali 
o‘quvchilarga ko‘rgazmali qilib ko‘rsatishdir. Ifodali o‘qishning asosiy tamoyili
o‘qiladigan asar g‘oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir.
Ohang og‘zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg‘u, 
nutq temp va ritmi, pauza , ovozning past-balandligining yig‘indisidir. Bu 
elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, 
g‘oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi. 
O‘quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar 
quyidagilardan iborat: 
1.Nutq jarayonidan nafasni to‘g‘ri olish va to‘g‘ri taqsimlay bilish. 
2. Har bir tovushning to‘g‘ri artikulyastiyasi va aniq dikstiya(burro 
gapirish) malakasini egallash. 
3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash. 
Bu shartlar faqat ifodali o‘qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni 
hikoya qilishga ham taalluqlidir. O‘quvchining har qanday og‘zaki hikoyasi 
ifodali bo‘lishi zarur. 
Ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan 
uzviy bog‘lanadi. SHuning uchun o‘qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida 
ishlashni talaffuz qilayotganda o‘z nafasini boshqara olish va ovozdan to‘g‘ri 
foydalanishga o‘rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, 
tezlik 
(temp), 
yoqimli-yoqimsizlik 
xususiyatlari 
bilan 
xarakterlanadi. 
O‘quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda 
o‘qish(gapirish)ga, nutqda tez, o‘rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror 


207 
tuyg‘uni ifodalashga o‘rganadilar. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda o‘quvchilar 
pauza va logik urg‘u bilan ham tanishtiriladi.
Ifodali o‘qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi: 
1.Asarning aniq mazmunini tushunish , unda qatnashgan shaxslarning 
xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g‘oyasini belgilash,ya’ni asarning g‘oyaviy 
mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda 
tushunish. 
2. Matnning qayerida pauza qilishni, mantiqiy urg‘uning o‘rnini,o‘qish 
tempini belgilab olish. 
3. O‘qishni mashq qilish. Aftor fikrini, uning tasvirlangan voqea-
hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan bera olish 
uchun matnni qayta o‘qish. 
Asarning mazmuni va g‘oyaviy yo‘nalishini tahlil qilish ifodali o‘qishga 
o‘rgatish bilan bog‘lab olib boriladi. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda matn 
mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o‘z munosabatini 
bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini 
shakllantirish uchun asarni o‘qituvchining ifodali o‘qishi muhim ahamiyatga 
ega.
 
Boshlang‘ich ta’limda o‘qishning uch turidan foydalaniladi: 
1. Ovozli o‘qish. 
2.Ichda o‘qish. 
3. SHivirlab o‘qish 
Ovozli o‘qish ovozga asoslangan o‘qish bo‘lab, undan ta’lim jarayonida 
keng foydalaniladi.
Ovozli o‘qishning yakka, jo‘r va rollarga bo‘lib o‘qish usullari mavjud. 
Yod aytish ham ovozli o‘qishning bir shaklidir. 
Ichda o‘qish ham tovushga asoslangan , lekin unda ovozsiz o‘qiladi.
SHivirlab o‘qish yarim ovoz bilan o‘qishdir.Malakali kitobxon o‘qishning 
har uch turini bilishi zarur.


208 
Ovozli o‘qishning ham, ovozsiz ichda o‘qishning ham, shivirlab 
o‘qishning ham o‘z qo‘llanish o‘rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. 
Masalan, 2- sinf o‘quvchilarni ichda o‘qiganda kam so‘z o‘qiydi, so‘zning 
ma’nolarini tushunmay qoladi, o‘qiganlarining mazmunini to‘liq o‘zlashtira 
olmaydilar. Psixologik izlanishlar o‘qishni endi o‘rganayotgan o‘quvchilar 
o‘qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham 
sezganliklarini ko‘rsatganlar. Ikkinchidan, ikkinchi sinf o‘quvchilarida o‘qish 
ko‘nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o‘qish jarayonida ayrim 
so‘zlarni noto‘g‘ri o‘qish natijasida uning ma’nosini tushunmaganlar. SHularni 
nazarda tutgan holda 1- 2- sinflar ovozli va shivirlab o‘qishdan foydalaniladi.
3-4- sinflarda ovozli o‘qish bilan birga ichda o‘qishdan ham foydalaniladi. 
3-4- sinflar ichda o‘qish ancha samarali bo‘ladi. Lekin bu sinflarda ichda o‘qish 
mexanik o‘qishga aylanmasligi kerak. Ichda o‘qish biror maqsadga 
yo‘naltirilishi kerak, ya’ni turli topshiriqlar asosida ichda o‘qitilishi lozim. 
Masalan, «SHe’rni ichingizda o‘qib, ifodali o‘qishga tayyorlaning», “Hikoyani 
ichingizda o‘qing , ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni lug‘at daftaringizga yozing», 
«Lug‘atdan foydalanib, ularning ma’nosini izohlashga harakat qiling». 
-Hikoyani ichingizda o‘qib,uni qismlarga bo‘ling. 
-Ichingizda o‘qib, ovoz chiqarib to‘g‘ri o‘qishga tayyorlaning. 
-Ichingizda o‘qing. Tabiatning ko‘rinishi tasvirlangan o‘rinni toping. 
Bu topshiriqlar sinfdan sinfga o‘tgan sari murakkablashib boradi. Bunda 
o‘quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur. 
Ichda o‘qish quyidagi afzalliklarga ega: 
1. Bir vaqtning o‘zida butun sinf o‘quvchilari o‘qiydi. 
2. O‘quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalari 
takomillashadi. 
3. O‘qituvchi har bir o‘quvchining mustaqil ishlash jarayonida 
o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. 
4. Ichda o‘qishda ongli o‘qishga talab , e’tibor kuchayadi. 


209 
Ichda o‘qishda o‘qituvchi o‘quvchilar o‘qishidagi kamchiliklarni aniqlay 
olmaydi. Bu undan foydalanishdagi kamchilikdir. 
Ovozli o‘qishning afzalliklari quyidagilar: 
1. O‘qituvchi o‘quvchilarning xato va kamchiliklarini , o‘qish 
ko‘nikmalarini aniqlay oladi. 
2. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘qisalar, matn mazmunini 
tez tushunib oladilar. 
3. Ovozli o‘qishdan kitobxon estetik zavq oladi. 
4. Ovozli o‘qishda ifodalilikka katta e’tibor beriladi. 
5. Ovozli o‘qish o‘quvchilar lug‘atini boyitish va nutqini o‘stirishda kata 
ahamiyatga ega.
Maktabda o‘qishning bu uch turi navbatma - navbat almashtirib turiladi. 
1-2- sinflarda ovozli va pichirlab o‘qishdan ichga o‘qishga o‘tilsa, 3-4- sinflarda
ichdan o‘qishdan ovozli o‘qishga o‘tiladi. 3-4- sinflarda o‘qishning turlaridan 
foydalanishda chegara qo‘yilmaydi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning hamma turiga bir xil talab qo‘yiladi, 
ya’ni o‘qish to‘g‘ri bo‘lishi, tez, ongli va ifodali bo‘lishi zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin