199
v) o‘qituvchining asar o‘qilganidan keyin o‘quvchilarning asarni tadqiq
etish jarayonida to‘yingan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko‘zda
tutuvchi so‘zi
5
.
Ko‘rinadiki, ijodiy o‘qish izohli o‘qishdan farqli o‘laroq, to‘g‘ridan -
to‘g‘ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-
sinfda
A. Oripovning
«Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi»
asarini ijodiy
o‘qish metodi asosida o‘rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g‘oyaviy
niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining
yashash tarzi bilan
bog‘liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda
«O‘tinchi yigit»
, 3-sinfda
O‘tkir Hoshimovning «Xazonchinak»
, 4-sinfda
S.
Anorboevning «Qo‘rqoq»
asarlarini ham ijodiy o‘qish metodi asosida o‘qitish
ijobiy samaralar beradi.
Ifodali o‘qish.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida
mantiqiy o‘qish
(matnni
to‘g‘ri, tushunib, tez (me’yorida) o‘qish)
va
adabiy o‘qish
mukammal
o‘zlashtirilganidan so‘ng ifodali o‘qishga o‘tiladi. U yod olingan she’riy
asarlarni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi. Ifodali o‘qishning muvaffaqiyati
o‘quvchilarning asar mazmuni, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari
haqida muayyan
tushunchaga ega bo‘lishi bilan bog‘liq.
Ohang va intonastiya she’riy asarlarni ifodali o‘qishda qay darajada muhim
bo‘lsa, nasriy asarlarni o‘qishda ham muhim talablardan biridir.
Nasriy asarlarni ifodali o‘qishdan oldin unda qanday g‘oya ilgari
surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda
X. To‘xtaboevning «Xatosini
tushungan bola»
hikoyasini ifodali o‘qishdan oldin o‘quvchilarga
xatosini
tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo‘lganligi,
maqtanchoqlikning illat ekanligi to‘g‘risida tushuncha beriladi.
5
Кудряшов Н.И. Взаимосвязь методов обучения на уроках литературы. - Москва:
Просвещение, 1981.- Стр. 60.
200
Ifodali o‘qish oldiga qo‘yilgan bu talab
M. Abdurashidxonovning «Har kim
ekkanin o‘rar», Sh. Sa’dullaning «Laqma it», A. Oripovning «Dehqonbobo va
o‘n uch bolakay qissasi»
kabi she’riy hikoyalarini o‘qishga ham xosdir.
Dostları ilə paylaş: