Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda
topshiriqlar:
1.
Sinfda o‘qish darslarida o‘quvchilarga qanday bilimlar beriladi?
2.
O‘qish darslarining tarbiyaviy ahamiyatini ayting.
3.
O‘qish darslarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4.
Yaxshi o‘qish malakasining sifatlari deganda nimani tushunasiz? Ular
o‘zaro qanday aloqada?
5.
To‘g’ri o‘qish nima? Xato o‘qishni keltirib chiqaradigan sabablarni
ayting.
6.
To‘g’ri o‘qishni ta’minlovchi shartlarni sanang.
7.
Tez o‘qish nima? Unga erishishning metodik usulini ayting.
8.
O‘quvchilarning o‘qish sur’atiga qo‘yiladigan dastur talablarini ayting.
9.
Ongli o‘qish haqida gapirib bering.
210
10.
Ifodali o‘qish, uning ahamiyatini ayting.
6-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI
TAHLIL QILISH
Tayanch atamalar:
o‘qish mavzulari, o‘qish sur'ati, nutq madaniyati,
bo‘g’inlab o‘qish, sidirg’a o‘qish, avtomatlashgan o‘qish , analitik bosqich,
sintеtik boskich, avtomatlashgan bosqich, ifodali o‘qish, to‘g’ri o‘qish, ongli
o‘qish
6.1.Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari
Rеspublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng boshlang’ich sinflar uchun
yangi dastur va darsliklar yaratildi. O‘qish dasturlarida badiiy asarni tahlil
qilishga ko‘proq ahamiyat bеrilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil
topshiriq turlaridan, tеxnika vositalaridan foydalanishga ko‘proq e'tibor bеrildi.
Badiiy asar quyidagi muhim mеtodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1.Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g’ri, tеz, ongli, ifodali o‘qish
malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi.
2.Asarning g’oyaviy-tеmatik asoslarini uning obrazlari, syujеt chizig’i,
qurilishi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilarning Shaxs sifatida
umumiy kamol topishiga, bog’lanishli nutqning o‘sishini ta'minlaydi.
3.O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4.Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof
muhit haqidagi bilimlarni kеngaytirish vositasi hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta'sirini ham hisobga olish zarur.
O‘quvchi matnni o‘qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan
hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda o‘quvchilarda fikr uyg’onsin, ularda estеtik
didni tarbiyalasin.
Boshlang’ich sinflar "O‘qish kitobi" da turli janrdagi badiiy va ilmiy-
ommabop maqolalar bеrilgan. Sizga ma'lumki, badiiy asarda hayot obrazlar
orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga
211
munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqеlikni obrazlar vositasida
tasvirlash, obyеktiv mazmun va subyеtiv bahoni aniq matеrialda bеrish haqidagi
qoidalar mеtodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan,
badiiy asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga
munosabati o‘qituvchining diqqat markazida turadi. O‘quvchilar voqеlikni
obrazlar orqali tasvirlashning o‘ziga xos xususiyatlarini asta tushuna
boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqealar
tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondashilgandagina asarga haqqoniy
baho bеrish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan
o‘quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.
To‘rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o‘quvchilarni asarning g’oyaviy
yo‘nalishini
tushunishga
o‘rgatish
muhimdir.
Psixolog
olimlarning
ko‘rsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina yеtarli
emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga, unda tasvirlangan
voqеlikka qandaydir munosabatning yuzaga kеlishini o‘z ichiga oladi. Kichik
yoshdagi o‘quvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘ladi.
1.Adabiy qahramonga emotsional munosabat,
2.Elеmеntar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi Shaxslarga baxo bеrishda o‘quvchilar o‘z Shaxsiy
tushunchalaridan foydalanadilar. Qahramonning boshqa fazilatlarini bog’lash
uchun ularda so‘z boyligi, tajriba еtishmaydi. O‘qituvchining vazifasi
o‘quvchilar payqay olmagan sifatlarni ko‘rsatish va o‘quvchilar nutqiga
kiritishdir. Yana shu narsaga e'tibor bеrish maqsadga muvofiq:
1 .O‘quvchilar asar kahramoniga munosabatlarini ifodalashda u xarakat
qilgan sharoitni hisobga olmaydilar.
2.Qahramonning nima uchun shunday qilishi kеrakligini tushunolmaydilar.
uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borilishi zarur.
Adabiy ta’lim oldida turgan vazifalardan biri badiiy asarni guruh bilan
tahlil qilishni talab etadi. Maktab o‘quvchilarida kitobga muhabbat o‘qilgan
kitobning sir-asrorini bilgandan keyingina shakllanadi. O‘quvchi badiiy asardan
212
lazzat tuysa, o‘zining zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa,
chinakam badiiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallagan
bo‘lsagina kitobxonga aylanadi. Chunki biror asarni o‘qish jarayonida, uni tahlil
qilish mobaynida tuyilgan lazzat o‘quvchini boshqa asarlarni o‘qishga, ulardan
zavqlanishga
undaydi.
Amaliyotda
badiiy
tahlil
qanday
maqsadga
yo‘naltirilganligiga qarab ikki turga: filologik va didaktik tahlilga bo‘linadi.
Filologik
(ilmiy)
tahlil
badiiy
asardan
chiqarilgan
xulosalarning
adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajaga muvofiq kelishini talab qiladi. Tahlil
jarayonidagi har bir fikr mantiqiy tushunchalar, estetik qonuniyatlar bilan
asoslangan bo‘ladi. Filologik tahlil adabiy asarning badiiy mantiqi va estetik
o‘ziga xosligini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy talqin bo‘lib, kuchli hissiy-
intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning
adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil
jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik
qonuniyatlar bilan asoslangan bo‘lishi lozimdir. Shuningdek, ilmiy tahlilda
o‘rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o‘rni va milliy tafakkur
taraqqiyotiga ta’siri darajasi ko‘rsatilishi ko‘zda tutilishi kerak. Filologik tahlil
ommaboplikdan yuqoriroq turishi va har qanday adabiy hodisa mutaxassis
nazari bilan tahlil etilishini taqozo qiladi. Lekin filologik tahlildagi asosiy narsa
badiiy asarning badiiyligini, ta’sirchanligini ta’minlagan jihatlari qaysilar, badiiy
joziba, so‘z sehri, san’atning sirli tomoni nimada ekanligini ko‘rsata bilishdir.
Muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o‘quvchi tomoni idrok etilgan badiiy
manzara hamisha ham adib istaganiday bo‘lavermay ba’zan o‘quvchi adib
mutlaqo ko‘zda tutmagan, xayolga keltirmagan, muallifning qarashlariga zid,
ammo hayot haqiqati oldida to‘g‘ri bo‘lgan badiiy xulosaga kelishi mumkin.
Chunki hayotiy vaziyatning o‘zgarishi, ijtimoiy voqelikdagi yangicha holat
ba’zan ijodkorning oddiy intim izhori dilidan chuqur ijtimoiy ma’no topishga
olib keladi. Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantiqi hamda
estetik jozibasini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy tahlilga shu
tariqa ta’rif berilganda hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab
213
olninadi, deyish mumkin. Didaktik (o‘quv) tahlili – ilmiy tahlil singari faqat
ilmiy-estetik faoliyat bo‘lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir.
Chunki pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning
asosiy belgisidir. Dars jarayonida to‘g’ri amalga oshirilgan didaktik tahlil
o‘quvchining badiiy madaniyatini yuksaltiradi, estetik hodisalarni ko‘rish, undan
mantiqiy-hissiy ta’sirlanish va ular ta’sirida umumlashma xulosalarga kelish
qobiliyatini
shakllantiradi.
Chunki
badiiy
asar
tahlil
qilinayotganda
tarbiyalanuvchining tafakkuri va hissiyoti faol ishlashga majbur bo‘ladi.
O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda maktabda o‘rganilishi ko‘zda
tutilgan asarlarni ilmiy va estetik jihatdan to‘g‘ri tahlil etish hal qiluvchi o‘rin
tutar ekan, o‘quv tahlili va unga xos bo‘lgan xususiyatlarni tadqiq etish adabiy
ta’lim amaliyotida muhim ahamiyatga molik ekanligi tabiiydir. Har qanday
didaktik tahlil ilmiy tahlil darajasiga ko‘tarilishga intiladi va filologik tahlil
darajasiga yetganda o‘quv tahlilidan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq erishilgan
bo‘ladi. Ayni vaqtda badiiy asarni didaktik tahlil qilish filologik tahlil etishdan
jiddiy farq ham qiladi. O‘quv tahlili ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik
faoliyat bo‘lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir. Chunki
pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning asosiy
belgisidir. Agar filologik tahlil yolg‘iz olimning aqliy faoliyati natijasi bo‘lsa,
o‘quv tahlili odamlar bilan bevosita muloqot mobaynida amalga oshiriladigan
jarayondir. O‘quv tahlilini amalga oshirishdan maqsad badiiy asarni to‘g‘ri
qabul etish orqali o‘quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirish bo‘lsa,
filologik tahlildan maqsad asarning hayotiy va badiiy mantiqi hamda estetik
o‘ziga xosligini imkon qadar to‘liq ochib berishdan iboratdir. Didaktik tahlilning
vazifasi badiiy asarning jozibasini, sirini, o‘ziga xosligini, ta’sir ko‘rsata olish
sabablarini aniqlash orqali talabalarda ta’sirchan qalb, sog‘lom estetik did, ravon
va ifodali nutq shakllantirish bo‘lsa, ilmiy tahlilning vazifasi tekshirilayotgan
asarning jamiyat ijtimoiy tafakkuriga ta’siri va milliy badiiyat xazinasida tutgan
o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Didaktik tahlil ilmiy tahlildan farq qilib, mantiqiy
sillogizm (xulosa, qonuniyat)larning o‘zigagina tayana olmaydi. Negaki o‘quv
214
tahlilida hamisha ma’lum yoshdagi, muayyan sinfdagi, o‘ziga yarasha hayotiy
tajribaga va o‘z yoshi hamda taraqqiyoti darajasiga mos bilimga ega bo‘lgan
o‘quvchilar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ilmiy o‘quv tahlili vaqt jihatidan
ham cheklangan bo‘ladi va tahlil doimo bir dars mobaynida amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan estetik-mantiqiy harakatlardan iborat bo‘ladi. Shu ma’noda o‘quv
tahlili maktab umumpedagogik jarayonining uzviy bir bo‘lagi hisoblanadi.
Filologik tahlilda tadqiqotchi vaqt jihatdan o‘zini cheklamagan holda ish
ko‘radi. Tahlillovchi uchun badiiy asarning butun sirini to‘liq namoyon etishdan
bo‘lak maqsad yo‘q. Badiiy asarning cheklanmagan, adog‘i yo‘q go‘zalligi bilan
ish ko‘rayotgan adabiyot o‘qituvchisi esa o‘quvchilar aqliy va hissiy
imkoniyatlarining cheklanganligi, muayyan asarni o‘rganishga ajratilgan
vaqtning chegaralanganligi bilan hamisha hisoblashishga majbur bo‘ladi.
Didaktik tahlil har bir adabiyot o‘qituvchisi uchun doim ikki bosqichli jarayon
hisoblanadi. Birinchi bosqichda o‘qituvchi darsga tayyogarlanish jarayonida
ertaga sinfda o‘qitiladigan asarni tahlil etadi, bu o‘qituvchining yakka tartibidagi
tahlili. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi bilan sinfdagi o‘quvchilar hamkorligida
darsda muayyan asar tahlil etiladi. Buni jamoa yordamidagi tahlil deymiz.
Didaktik tahlil jarayonida o‘quvchilarning ishtirok etishiga ko‘ra tahlilni
alohida, guruhli, yoppasiga tahlil turlariga ajratish mumkin. O‘quvchilar
tomonidan berilgan har qanday javob qabul qilinishi kerak. Fikrni aytgan
o‘quvchi uni asoslaydi, sababini tushuntiradi. Asosiysi, o‘quvchilar mavzuga
kirishib ketadilar. Ajratilgan vaqt tugagach, o‘quvchilar birma – bir timsollarni
tanishtirib o‘tadilar. O‘qituvchi fikrlarni xulosalaydi qaysi guruh qanday
bajarganligi izohlaydi. O‘qituvchi guruhlarga savol tashlaydi. Har guruhdan
o‘quvchilar personajlar xususiyatlarini sanaydilar. O‘quvchilarni faolligini
susaytirmaslik uchun o‘qituvchi ularning fikrini noto‘g’ri deb aytmasligi lozim.
Aksincha, asar bo‘yicha savollar berib javoblarni asoslab oladi. Fikrlarni
o‘qituvchi xulosalaydi, keyingi bosqichga o‘tiladi. Bu bosqichda o‘quvchilar
asar qahramonlarining ijobiy, salbiy va o‘xshash tomonlarini topadilar.
O‘quvchilar timsollarining o‘xshash va farqli jihatlarini aytgach, fikrlar
215
xulosalanadi. O‘quvchilardan kutilmagan qiziqarli javoblar chiqishi mumkin.
Muhimi, ular mustaqil fikrlaydilar. Yakuniy qismda o‘qituvchi darsdan olgan
xulosalarini aytib, asarni tahlilini pedagogik-psixologik va ma’naviy-estetik
jihatdan maqbulini asoslab berishi lozim. Badiiy asarni mazkur tarzda sinf bilan
tahlil qilish, o‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishga va badiiy adabiyotni
o‘qishga qiziqishini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |