N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


«Tarmoqlar», «Guruhlar bilan ishlash», “Blist texnologiyasi”



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

«Tarmoqlar», «Guruhlar bilan ishlash», “Blist texnologiyasi”
kabilardan ham 
foydalanish yaxshi samara beradi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan 
foydalanish, darsda qanday usullarni qo‘llash o‘qituvchi tomonidan oldindan 
belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak. 
5.2. O‘qish malakasi haqida tushuncha 
Dastur talablarini to‘liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi 
navbatda o‘qish ko‘nikmalarini to‘g‘ri va puxta egallash va takomillashtirib 
borish zarur. 
O‘qish ko‘nikmalari savod o‘rgatishg jarayonida shakllanadi, o‘qitishning 
keyingi bosqichlarida takomillashadi. 
O‘qish malakalarining sifatlariga 
badiiy asar matnini to‘g‘ri, tez, ongli va 
ifodali o‘qish kiradi. O‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalari 
shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O‘qish malakasining sifatlari o‘zaro 
bog‘liq bo‘lib, ularning asosiysi ongli o‘qish hisoblanadi: o‘quvchi matnni tez 
va to‘g‘ri o‘qisa-yu, anglab o‘kimasa yoki uning tez o‘qishi natijasida boshqalar 
matn mazmunini tushunmasa, to‘g‘ri o‘qisa-yu, o‘ta sekin o‘qisa, nutq birliklari 
orasida pauzalarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. 
Muayyan tezlikda va to‘g‘ri o‘qish ongli o‘qishga xizmat qiladi; to‘g‘ri, tez va 
ongli o‘qish esa ifodali o‘qishning asosi hisoblanadi.
O‘qish malakalarini egallash maktabda o‘qitiladigan barcha predmetlarni 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O‘qish faoliyatning 
asosiy turi bo‘lib, o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy 
tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa 
o‘qish malakalarini o‘stirish va takomillashtirish ustida sistematik va maqsadga 
muvofiq ishlashni talab qiladi. 
O‘qish malakasini egallash ancha murakkab bo‘lib, uni shakllantirish uzoq 
vaqtni talab etadi. Psixolog T. G. Yegorov o‘zining «Ocherki psixologii 
obucheniya detey chteniyu» nomli asarida o‘qish malakalarini shakllantirish 
jarayonini uch bosqichga ajratadi: 
analitik bosqich, sintetik bosqich va 


202 
avtomatlashgan bosqich.
Analitik bosqich savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi, 
bunda so‘zni bo‘g‘in-harf tomonidan tahlil qilish va bo‘g‘inlab o‘qish malakasi 
shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so‘zni sidirg‘a o‘qish xarakterlidir; 
bunda so‘zni ko‘rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so‘z ma’nosini 
anglash bilan asosan mos keladi. O‘qish so‘z ma’nosini idrok qilish bilan 
amalga oshadi. O‘quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o‘tadilar. Bundan 
keyingi yillarda o‘qish avtomatlasha boradi.
O‘qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar 
mazmunini tahlil qilish o‘qish malakalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan 
bo‘lsin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin