Badiiy o‘qish. Badiiy o‘qish ifodali o‘qishning yuksak bosqichi
hisoblanadi. Unda so‘z san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U
o‘quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san’atkorona o‘qishni talab etadi.
Badiiy o‘qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to‘la anglab
etilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o‘qishga tayyorgarlik
ko‘rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish
yaxshi samara beradi.
Sinfda o‘qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri
tanlab o‘qish dir. Masalan, 3-sinfda
X. To‘xtaboevning «Hassa» hikoyasi bilan
tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki
S. Anorboevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan
o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra mazkur o‘rinlarni tanlab qayta o‘qilishi natijasida
ushbu asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq o‘zlashtirishga erishiladi.
Izlanish metodi . Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida
o‘quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng
qo‘llaniladigan usuldir.
O‘qish darslarida
reproduktiv metod keng qo‘llaniladi. Masalan, o‘qituvchi
dastlabki darslarda o‘zi asar matnini qismlarga bo‘ladi, yozuvchi yoki shoirning
aytmoqchi bo‘lgan muhim fikriga o‘quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab
ko‘rsatadi, o‘quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib,
o‘quvchilarga ko‘maklashadi. Bularning bari o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma
vazifasini o‘taydi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmalari
yordamida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni o‘zlari mustaqil ravishda
bajaradilar.
Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang‘ich sinf o‘qish
darslarida ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan
«Aqliy hujum»,