N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

hissiy ta’siri
dir. O‘quvchilar muallifning asosiy fikrini 


218 
tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. 
Matnni tahlil qilish o‘quvchida fikr qo‘zg‘atishi, hayotiy tajribasining muallif 
qayd etgan dalillarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida 
asarning estetik qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi. 
O‘qish darslari o‘quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata 
olish, yozuvchining hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks 
ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o‘qish va asarni 
tahlil qilish malakasini hosil qiladi. O‘quvchilar adabiy ma’lumotlarni 
o‘zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini anglab ola 
boshlaydilar. 
O‘quvchilarning nutqini o‘stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy 
tushunchalarni shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar adabiy 
tushunchalarni o‘rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, 
uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. 
Boshlang‘ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, 
o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, 
she’r, doston, maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi. 
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat 
hissi, badiiy asarni ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur 
idrok etishga zamin hozirlanadi, o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi. 
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, 
qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkir 
syujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o‘qib bo‘lingach, uning badiiy tili 
ustida ishlashga alohida ahamiyat berish zarur. 
2-sinf «O‘qish kitobi»da keltirilgan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin