N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

«Bobur va kabutar»
asarida 
hazrat, a’yonlar, oliy hazrat s
o‘zlari 
qo‘llangan. Asar matnida qadimiy davr bilan bog‘liq qo‘shimchalarning 
qo‘llanilishi ham asarga joziba bag‘ishlaydi. Masalan: 
«Kabutar ne deydur?» 
kabi. Mazkur asarda ikkinchi shaxs qo‘shimchasi o‘rnida hurmat ma’nosidagi 
uchinchi shaxs qo‘shimchasi qo‘llangan: 
«Xatda:
Oliy hazrat, qovun ayni 
pishdi. Kelib qo‘l urib bersalar».
Shu o‘rindagi 
«qo‘l urib bersalar»
birikmasi 
ibora hisoblanadi
.
Iboralar doim ko‘chma ma’no ifodalab, nutqning 
ta’sirchanligini oshiradi. Matndan iboralar aniqlangach, ma’nosini izohlashdan 
tashqari, ularga ma’nodosh yoki qarama-qarshi ma’noli iboralarni topshirish 
ham yaxshi samara beradi. 
Topishmoqlarda ham jonlantirish va o‘xshatishlar juda ko‘p. Masalan,
 
«Ayoz bobo novvot sotdi, Olgan edim, qo‘lim qotdi»
topishmog‘ida o‘xshatish, 
«Chiq-chiq» ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi»
topishmog‘ida jonlantirish 
qo‘llangan. 
«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa» 
masallarida ham badiiy til 
vositalari mavjud. Xususan, ularda 
«O‘g‘irlik mol aylar jonsarak», «Bola 
ko‘nglin ko‘tarar», «Kosang joningga huzur», «Senga qalqon usti-bosh», 
«Parcha go‘sht bo‘lib yurar», «Jish Toshbaqa»
kabi ibora, birikma va gaplar 
uchraydiki, ular ustida ishlashda 
“Bunday majorolar qachon va kimlar orasida 
bo‘lib o‘tishi mumkin?”, “Ularga hayotdan misollar keltiring”
kabi topshiriqlar 
berish, ulardagi ma’noni boshqacha yo‘sinda bayon ettirish, o‘zaro taqqoslash, 
ta’sirchanligidagi farqni aniqlatish katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan: 


221 
«Bola ko‘nglin ko‘tarar» - 
Bolasiga yaxshi gaplar gapirar,
«Kosang joningga 
huzur» - 
Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi» kabi.
Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida 
ishlash o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda jonlantirish, 
o‘xshatish, mubolag‘a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur 
hosil qilishga yordam beradi. 
O‘qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab 
bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun 
o‘qituvchi badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli 
bosqichlarida o‘qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilarning matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi 
zarur. 
O‘qish ta’limi bo‘yicha o‘quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish 
yordamida dastur talablariga javob berib bo‘lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi 
tarbiyaviy g‘oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha 
aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-
mohiyatni anglab yetilganda o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etishi mumkin. 
Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini 
shakllantirish orqali erishiladi. 
Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari
bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan 
mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga 
yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo‘lmasdan, qat’iy 
maqsad asosida izchil berilishi o‘quvchilarning o‘qilgan matn mohiyatini chuqur 
anglab yetishlariga imkon yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni 
taqozo etadi. 
Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning o‘zlarini ham savol tuzishga o‘rgatish 
lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to‘g‘ri qo‘yilgan masalaning o‘zi yarim 
javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o‘quvchining dars mavzusi bilan 
bog‘liq jihatlarga e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o‘rtasidagi 


222 
sababiy bog‘lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo‘l ochadi. 
Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o‘quvchini ongli va tushunib 
o‘qishga yo‘llaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin