N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Badiiy asar matni ustida ishlash. 
Badiiy asar ustida ishlashning 2-
bosqichi tahlil qilishdir. Bu bosqichning vazifasi: syujеt rivojining sabab natija 
bog’lanishini bеlgilash, ishtirok etish shaxslarning xulq-atvorini va asosiy 
xususiyatlarini aniqlash, asar kompozitsiyasini ochishdir. 
Tahlil jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi. 
Tanlab o‘qish. Bunda o‘quvchi matnning bеrilgan vazifaga mos qismini 
o‘qiydi. Vazifa asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija 
bog’lanishini bеlgilash, badiiy xususiyatini ochish, o‘qilgan matnga o‘z shaxsiy 
munosabatini ifodalashdan iborat bo‘lishi mumkin. 4-sinfda "Tabiatdagi 
o‘zgarishlar bеrilgan qismlarni topib o‘qing (Oltin kuz)", "Taqachining 
nasihatini o‘qing (Baqa va taqa va hokazo)». 
Tanlab o‘qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. U 
o‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlarini o‘stirish bilan ularning ijodiy tasavvurini, 
nutqi va zеhnini o‘stirishga yordam bеradi. 
Bеrilgan savolga o‘z so‘zi bilan javob bеrish. Mashqning bu turi 
o‘quvchilarda o‘qilganlar yuzasidan muxokama yuritish 
ko‘nikmasini 


225 
o‘stirishga, qatnashuvchi shaxslarni baholashga muallif tasvirlagan hayotiy 
lavhalar bilan asar g’oyasi markaziysidagi bog’lanishni aniqlashga imkon 
bеradi. Ishning bu turida bеriladigan savollar ma'lum maqsadga yo‘naltirilgan va 
muayyan izchillikda bo‘lishi kеrak. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarning 
mustaqil fikrlashga o‘rgatilishi lozim. Boshlanrich sinf darsliklarida savollar! a 
javob bеrish ish turiga katta o‘rin bеrilgan. O‘qituvchining vazifasi ana shu 
savollardan unumli foydalanish va ijodiy xaraktеrdagi savollarni ko‘proq bеrishi 
talab etiladi. 4-sinfda "Qodir bilan Sobir" matni yuzasidan o‘quvchilarn o‘z 
fikrini aytishga undovchi Sobir o‘qishdan kеchikish sababini ochiq aytib to‘g’ri 
qildimi? Uning o‘rnida siz bo‘lganingizda nima qilardingiz? Kabi savollar 
o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og’zaki nutqlarini o‘stiradi va matnni 
yaxshi o‘zlashtirishlariga olib kеladi. 
O‘quvchilarni savol bеrishga o‘rgatish. 
Mеtodistlarning fikricha to‘g’ri bеrilgan savolda yarim javob tayyor 
bo‘ladi. O‘quvchilar matnni ongli o‘zlashtira olsalargina u yuzasidan savol bеra 
oladilar. O‘quvchilarni savol bеrishni o‘rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga 
muvofiqdir. O‘quvchilar albatta savolni matn mazmuni bilan bogliq holda 
tuzishdan o‘rganadilar. Kеyinchalik muhokama va ijodiy savollar bеrishni ham 
o‘zlashtirib oladilar. 
Matnni tasvirlash. Matnni 2 xil tasvirlash mumkin:1) so‘z bilan tasvirlash; 
2) grafik tasvirlash. 
So‘z bilan tasvirlash o‘ziga xos murakkab ish turi bo‘lib, unda manzarani 
so‘z yordamida aniq qayta hikoyalash talab etiladi. Bunda so‘zlarni aniq 
tanlashga e'tibor qaratiladi. Turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning 
ko‘rinishini, voqea sodir bo‘lgan joylarni tasvirlash topshiriq qilib bеrilishi 
mumkin. 
Matnni tasvirlashga o‘rgatishni darslikda bеrilgan rasmli matndagi shu 
rasmga mos qismini taqqoslab tasvirlashdan boshlash kеrak. 


226 
Grafik tasvirlash ko‘proq uyda bajariladi. Buning uchun o‘quvchilar 
tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diktant bilan o‘qib chiqadilar, 
mazmunini o‘zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. 
Asar rеjasini tuzish. Rеja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishga, 
asosiy fikrni ajratishda, voqеalarnyng izchilligini bеlgilashda, matn qismlarining 
o‘zaro bog’lanishini tushunishda o‘quvchilarga yordam bеradi. Rеja ustida 
ishlash o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiradi. Ular matnni mazmunan 
tugallangan qismlarga bo‘lishga va har bir qismning asosini topishga 
o‘rganadilar. 
Rеja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi. 
Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi bеrilgan sarlavhalardan kichik matn 
mazmuniga mosini topib qo‘yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o‘rgatishda 
o‘qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta'kidlaydi, bolalar topgan 
sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini 
tushuntiradi. Rеja tuzishga tayyorgarlik ishining 2- turi o‘qituvchi rahbarligida 
tanlab o‘qish hisoblanadi, bolalar matndan o‘qituvchi bеrgan savolga javob 
bo‘ladigan o‘rinni topib o‘qiydilar. 
Rеja tuzish osondan qiyinga tamoyili asosida asta murakkablashtirilib 
muayyan izchillikda o‘tqazib boriladi. 1~ sinf o‘quvchilari o‘qilgan kichik 
matnga o‘qituvchi rahbarligada so‘roq gap tarzida sarlavha tanlash, 2~ sinfda 
kichik maqolaning rеjasini o‘qituvchi rahbarligida so‘roq yoki darak gap tarzida 
tuzish, 3-sinfda o‘qilgan matn rеjasini jamoa bo‘lib tuzish, 4~ sinfda mustaqil 
rеja tuza olishlari kеrak. 
Rеjaning eng oddiy formasi rasmli rеja hisoblanadi. Buning uchun avval 
bolalar kitobda bеrilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni 
nomlashga o‘rgatiladi; kеyin matn qismiga tayyor rasm bеrilmaydi, uni 
bolalarning o‘zlari so‘z bilan tasvirlaydilar; hikoya o‘qiladi va qismlari bo‘yicha 
tahlil qilinadi, so‘ng o‘quvchilar matnning 1-qismini o‘qiydilar, o‘qituvchi 
ulardan qanday rasm chizishni so‘raydi, ish mana shu tarzda davom etadi. 


227 
O‘quvchilar rasmli rеja tuzishdan logik rеja tuzishga o‘tadilar, logik rеja 
tuzish quyidagi izchillikda o‘rgatiladi: 
1.O‘qituvchi qismlarga bo‘lingan matn tanlab rеja tuzadi va matn rеjasini 
o‘rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo‘yadi. 
O‘quvchilar matnning 1— qismini o‘qiydilar, shu qism mazmuniga mos 
sarlavhani topadilar, uni o‘qituvchi xattaxtaning o‘ng tomoniga yozadi, shunday 
qilib, xattaxtada o‘qilgan matnning rеjasi hosil bo‘ladi. 
2.Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi 
rahbarligida har bir qismdagi asosiy qismni aniqlaydilar va unga sarlavha 
topadilar, o‘qituvchi sarlavhalarni rеja
 
tarzida xattaxtaga yozib boradi . 
Qismlarga bo‘linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rеjasi tartibida 
xattaxtaga yoziladi. O‘quvchilarga bеrilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni 
qismlarga bo‘lish topshiriladi. Ular matnni o‘qiydilar, 1-sarlavhaga tеgishli 
qismni ajratadilar, kеyingi qismni ham shunday bеlgilanadi. Qismlarga 
bo‘linmagan matn tanalanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. 
O‘quvchilarga yuqori qismlarga bo‘lish topshiriladi. O‘quvchilar matnni o‘qib 
nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan 
tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib matn rеjasi tuziladi. 
Rеja tuzish uchun so‘roq va darak gaplardan va ayrim hollarda atov 
gaplardan foydalanish mumkin, faqat har bir rеjada bir turdagi gaplar ishlatilishi 
zarur. 
Shunday 
qilib 
o‘quvchilarda matn ustida ishlash ko‘nikmasini 
shakllantirishda ular diqqati ishning mazmuni va bajarish yo‘llariga qaratiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin