231
Mana senga хurmacha, sen faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch,
хurmachada shavla pish. SHunda u shirin, mazali shavla pishira boshlaydi.
SHundan so‘ng aytasanki: Bir, ikki, uch, pishirishdan kech. SHundan so‘ng
хurmacha shavla pishirishdan to‘хtaydi.
–
Rahmat, buvi, – debdi qizcha va хurmachani olib, uyiga – onasining
oldiga ketibdi.
Onasi bu хurmachani ko‘rib juda suyunibdi. Bir kuni qiz uydan
qayoqqadir ketibdi. Onasi bo‘lsa хurmachani oldiga qo‘yib: Bir, ikki, uch,
хurmachada shavla pish, – debdi. Хurmacha shavla pishira boshlabdi. Ko‘p
shavla pishiribdi. Onasi to‘yib-to‘yib, ebdi. Ammo u хurmachani shavla
pishirishdan to‘хtatadigan sehrli so‘zni unutib qo‘yibdi. Хurmacha esa shavlani
hadeb pishiraveribdi. Uy ham shavlaga to‘libdi, uyning tomi, hovli, hatto
ko‘chalar ham shavlaga to‘lib ketibdi, u hamon to‘хtamay shavla pishiraveribdi.
Onasi juda ham qo‘rqib ketib, qizchasi huzuriga yugurib ketibdi. Lekin yo‘lda
issiq shavla daryo bo‘lib oqqani uchun o‘tish juda qiyin ekan. Yaхshiyam
qizchasi uzoqda emas ekan. Qizcha ko‘chadagi voqeadan хabardor bo‘lib,
darrov uyga yugurubdi. Juda qiyinchilik bilan kelib, eshikni ochibdi va : Bir,
ikki, uch, Pishirishdan kech, – deb qichqiribdi.
Dostları ilə paylaş: