N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


PIRLS  tadqiqotlari  2016 yilda o‘tkazildi. SHu davrgacha 35 dan 50 gacha bo‘lgan davlatlar ishtirok  etishdi.  PIRLS



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

PIRLS 
tadqiqotlari 
2016 yilda o‘tkazildi. SHu davrgacha 35 dan 50 gacha bo‘lgan davlatlar ishtirok 
etishdi. 
PIRLS 
tadqiqotlari doirasida turli ta’lim tizimiga ega bo‘lgan 
davlatlarning 4-sinf bituvchilarining o‘qish sifati va o‘qilgan matnni tushunish 
darajasi o‘rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o‘quvchilarining tanlanishi shu 
bilan e’tiborliki, aynan o‘qishning to‘rtinchi yilida o‘quvchilar o‘qishning 
yuqori darajasiga ega bo‘lishi, ularning keyingi ta’limda bilimni egallash 
qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli 
moslashuviga yordam beradi. 
Tadqiqot 
jarayonida 
darsda 
o‘quvchilar tomonidan eng ko‘p 
qo‘llaniladigan o‘qishning quyidagi ikki turi o‘rganiladi: 
1.
Adabiy kitobхonlik malakasini egallash maqsadidagi o‘qish. 
2.
Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi o‘qish. 
Badiiy va ilmiy-ommabop matnlarni o‘qishda o‘qish ko‘nikmalarining 
quyidagi to‘rt guruhi baholanadi: 
1.
Aniq ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topa olish. 
2.
Хulosalarni shakllantirish. 
3.
Ma’lumotlarni umumlashtira olish. 
4.
Matnning mazmuni, til хususiyati, tuzilishini tahlil qilish va baholay 
olish. 
O‘quvchilar matnni o‘qishlari va savollarga javob berishlari lozim. Bunda 
ba’zi topshiriqlar tavsiya etilgan variantlardan birini tanlashni nazarda tutsa, 
boshqalari esa mustaqil javob berishni talab etadi. 
Tadqiqotda boshlang’ich sinf bitiruvchilari ishtirok etadi. Aynan shu 
davrda o‘quvchilarning o‘qish va matn ustida ishlash malakalari shu darajada 


230 
rivojlanadiki, bu yuqori sinflardagi ta’limning samarali bo‘lishiga zamin 
yaratadi. 
Turli mamalakatlarning maktab dasturlari bir-biridan tubdan farq qilishi 
hammaga ayon. SHuning uchun turli davlatlardan olingan natijalar o‘zaro 
taqqoslana oladigan darajada bo‘lishini ta’minlash bunday tadqiqot o‘tkazuvchi 
tashkilotchilarning muhim vazifalaridan biridir. Masalan, ko‘pchilik davlatlarda 
bolalar 6 yoshdan maktabda o‘qishni boshlashadi. Ammo Angliya va Yangi 
Zelandiyada ta’lim 5 yoshdan boshlanadi. SHuning uchun, loyihada 4-sinfdan 
emas 5-sinfdan o‘quvchilar ishtirok etishadi. O‘qish va matnni tushunish sifati 
tekshiriladigan o‘quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi. SHarq 
mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan o‘qishni boshlagani uchun ulardan 10,7-10,9 
yoshdagi o‘quvchilar tadqiqotda ishtirok etishadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin