N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

3 - modul. 


241 
Skanerdagi so‘zlarni qatnashtirib gaplar tuzing: Bir og‘izgina yolg‘on, 
rostgo‘y bola, yolg‘onchi kishi sanga tanga berurman, dedi va b. Kimlar shu 
so‘zlar vositasida ertak tuzib beradi.Bolalar o‘zlaricha tuzgan ertaklarini so‘zlab 
beradilar. 
Bugungi o‘tadigan ertagimiz nomini topdingizmi? Bolalar aytadilar 
(Bo‘lmasa o‘qituvchi ertak nomini aytadi: "Rostgo‘y bola"). Kelinglar endi 
ertakni eshitib ko‘ramiz. Unda ba’zi notanish so‘zlarga duch kelasizlar. Ularning 
mazmunini sizlarga tushuntiraman: (xattaxtaga oldindan yozib qo‘yilgan 
bo‘lishi ham mumkin) 
Podshoh - yurtni boshqaruvchi kishi. 
Vazir - podshohning yordamchisi. Tadbir - o‘ylab qilingan ish. Xomush - 
xafa. 
4-moduI.
Ertakni o‘qituvchi tomonidan o‘qish, ma’lum bir qismini o‘quvchilar 
davom ettirishi mumkin. 
- Siz yolg‘on gapirgan bolalarni hayotda uchratganmisiz? (O‘quvchilar 
javoblari eshitiladi). Rost gapirishning ahamiyatini bilasizmi? O‘qituvchi rost 
gapirishning ahamiyati haqida o‘quvchilarning yoshiga mos tushuncha beradi va 
xalq maqollaridan aytadi (Masalan, "Boshingga qilich kelsa-da, rost gapir"... 
qolganini o‘quvchilar davom ettiradilar). 
5 -modul. 
Mustaqil o‘qish. 
Usul: o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birga ovoz chiqarib o‘qiy boshlaydi 
(o‘quvchilar faqat ko‘z bilan o‘qiydidar), o‘qituvchi jim bo‘lib, o‘qishni ichida 
davom ettiradi, o‘quvchilar esa ovoz chiqarib o‘qiydilar, keyin yana o‘qituvchi 
ovoz chiqarib o‘qiydi, o‘quvchilar ko‘z bilan o‘qiydilar va shunday o‘qish ertak 
oxirigacha davom etadi 
O‘qish oldidan topshiriq: xattaxtada yozilgan so‘zlarni ertakda berilganday 
izchillikda, so‘zlar qo‘shib yozing: 

Qadimda. 

podshoh bo‘lgan. 


242 

Xomush bo‘lib yurgan. 

Vazirning maslahati. 

gul urug‘i, 

farzand qilib olmoqchi. 

vaqt o‘tibdi. 

shahar aylanibdi. 

gullarni ko‘rib o‘taveribdi. 

ko‘zi tushibdi. 

gullar qani? 

qaynattirgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin