8.2. Hikoya janridagi asarni o‘qitish mеtodikasi
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir
voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
«Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning
mazmunini ertakdagidan ortiqroq hayotiydir».
Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr
hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati,
tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko‘proq
qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo‘lgan hikoya bilan
tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.
Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish
darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan
matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya
mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda:
hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni
246
taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va
umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar
ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna
olmaydilar.
Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar
nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar
o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak.
O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad, hikoya
bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga
ta’sir etganini bilishdan iborat. SHundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning
yo‘nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning
asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to‘liq tushuntirishga berilib ketib,
qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari
e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o‘ziga tortadi. Lekin,
hikoya janri ham hayotiyligi bilan o‘ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib
boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog‘liq hayotiy lavhalar bayon etiladi.
o‘quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar.
Masalan, 3-sinf «O‘qish kitobi»da «Dadam qurgan dengiz» (Hakim Nazir),
«Olma» (Malik Murodov), «Ilmli ming yashar» (Nurmat Maqsudiy),
«Xazonchinak» (O‘. Hoshimov), «Qo‘shterak» (A. Irisov), «Va’da berdi» (K.
Ersarin), «Mehnatkash qiz» (Oybek) va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular
mavzu jihatdan xilma-xil bo‘lib, qahramonlarining xarakter - xususiyatlari bilan
ham farq qiladi.
Hikoya biror bir davr bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar qahramonlarning
ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong‘i tomonlari
xususida muayyan tushunchaga ega bo‘la boshlaydilar. Ularda go‘zallik va
nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg‘usi hikoyalar bilan
247
tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda
«Jaloliddin Manguberdi» hikoyasida CHingizxon va uning qo‘shinlariga
nisbatan nafrat uyg‘otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali ona-
Vatanga mehr-muhabbat uyg‘otiladi, uning taqdiri orqali o‘z ajdodlaridan
faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va vazifasidan
kelib chiqib ish ko‘rishni taqozo etadi. Undagi har bir so‘z, ibora, gap
yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o‘rganishdagina
emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o‘qish, muammoli usullardan
foydalanish uchun ham manba bo‘lishi lozim.
Boshlang‘ich sinflarda hikoya syujeti, kompozistiyasi, qahramonlarini
o‘rganish bo‘yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda
o‘quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.
«Jaloliddin Manguberdi» hikoyasi qahramonlarini, ularning xatti-
harakatlarini o‘rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja
asosida amalga oshirish mumkin:
1. CHingizxonning hiyla ishlatgan o‘rnini matndan toping. U sizda qanday
taassurot qoldirdi?
2. Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg‘onistonda mo‘g‘ullarga qarshi
kurashib, erishgan g‘alabasi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
3. Lashkarboshilarning o‘lja taqsimlashi oqibatida nima yuz beradi? Bu
o‘rinni matndan toping.
4. Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o‘rinda ko‘rinadi?
5. CHingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan beradi?
SHundan so‘ng o‘quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr
yuritadilar. CHingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xatti-harakatlarini
taqqoslab, farqlaydilar.
Hikoya mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha matn asosida quyidagicha ishlar
amalga oshiriladi:
248
1. Matn mazmuni yuzasidan o‘qituvchi savollariga javob berish;
2. Hikoya matniga berilgan savol-topshiriqlarni bajarish;
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o‘quvchilarning savollar tuzishi;
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish;
5. Hikoya matnini qismlarga bo‘lish;
6. Har bir qismga sarlavha topish;
7. Hikoyaga reja tuzish;
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta
hikoyalash)
9. Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda o‘qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning
o‘ziga xosligi, obrazli tasvirning o‘quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga
muvofiqligi nazarda tutiladi.
Hikoyani o‘rganishda savollarni, odatda, o‘qituvchi beradi, ammo asar
mazmuni,
qatnashuvchi
shaxslarning
xulq-atvorini
ochish
yuzasidan
o‘quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va
ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o‘z fikrini izchil bayon
qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq
esda saqlab qolishda o‘quvchilarga yordam beradi.
Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha reja asosida olib borish
mumkin:
1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga
xarakteristika berish va boshqa.);
2. Hikoyani o‘qish (bunda to‘liq va ma’no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi
yoki oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin);
3. Lug‘at ustida ishlash;
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar
va voqealar o‘rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat);
249
5. Hikoyani qayta o‘qish (qismlarga bo‘lib, rollarga bo‘lib o‘quvchilarga
o‘qitish)
6. Hikoyaning har bir bo‘limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, xikoya
rejasini tuzish;
7. Reja asosida qayta hikoyalash;
8.Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar;
Dostları ilə paylaş: |