N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

ulug'imizniki 
bo‘lsin", „Quyon siz 
podshohimizning 
ertalabki n
onushtangiz 
bo‘lsin", „Kiyik kechqurungi 
taomingiz, 
qo‘y kunduzgi 
xo‘ragingiz 
bo‘lsin" 
kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga o‘quvchilar diqqati 


239 
qaratilib, ertakni so‘zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish 
zarur. 
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan 
g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog'lanishli nutqni 
o‘stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masalan, 
„Rostgo"y bola" 
(1-
sinf) ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma'qul bo‘lganligi hikoya 
qilingan. Bu ertakning yangi pedagogik texnologiya asosida o‘tish namunasini 
quyida keltiramiz:
Mavzu: O‘zbek xalq ertagi «Rostgo‘y bola» 
Maqsad: To‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish malakalarini takomillashtirish. 
Matn ustida ishlash, tahlil qilish ko‘nikmasini mustahkamlash, 
o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish. 
O‘quvchilar shaxsida to‘g‘riso‘zlik, rostgo‘ylik kabi ijobiy sifatlarni 
tarbiyalash. 
Darsning shiori:
Biz nimaiki qilmaylik,
Barchasi zarur, kerak.
Bilim egallash uchun 
Tinimsiz o‘qish kerak.
Darsning borishi: 
1 - modul. 
Uyga vazifani tekshirish. 
"Maymun va duradgor" haqidagi ertak. Xattaxta oldiga lkki o‘quvchi 
chaqiriladi va ular galma galdan ertakni o‘qib, mazmunini so‘zlaydilar. 
Duradgor kim? U nima ish qiladi? degan savol beriladi va o‘quvchilarning 
javoblari to‘ldiriladi. 
2 - modul. Quvnoq daqiqa. 
O‘qituvchi: Yaxshi o‘qish uchun, yaxshi nafas olish kerak. 
1) Nafas olishga oid mashqlar: 
«Choyni sovit» «Gulni hidla» «Sharni shishir» «Changni hayda». 


240 
2) Ovoz mashqi; tovush mashqi: a, o, u, e, i, o‘. 
-Quyidagi she’rni eshitib bugun qanday mavzu bilan 
tanishishimizni bilib olarsiz. Yaxshilab e’tibor qiling: To‘g‘ri so‘z bola. 
H.H.Niyoziy. (Qisqartirilgani) 
Kelmog‘ida maktabidan bir o‘g‘il,
To‘xta debon ikki kishi to‘sdi yo‘l. 
Dedi biri:" Tanga berurman sanga
So‘zla bir og‘izgina yolg‘on manga" 
Berdi o‘g‘il fikr ila shirin javob:
"so‘zlang ako, qomatingizga qarab.
Bu so‘zingiz aslida yolg‘on erur
Tangaga yolg‘onni kim olg‘on erur". 
Quyidagi skanerga qarab bugungi o‘rganadigan mavzumiz nomini va unga 
doir so‘zlarni toping. 






o‘ 









ya 
o‘ 




Yo l 
g‘ 



















sh 






o‘ 






yu 
o‘ 



o‘ 


ng 





g‘ 















o‘ 

o‘ 









Bu jadvalda 
rostgo‘y (5 ta), bola (3 ta ), yolg‘on, tanga, kishi, ako, maktab, 
so‘zingiz, og‘izgina, sanga, kim so‘zlari borligini o‘quvchilar topadilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin