261
—
masal xulosasini tahlil qilish.
Mana shu izchillik hisobga olinsa, masal o‘qish darsining qurilishi
quyidagicha ba'ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari:
a) masal muallifi haqida o‘qituvchi hikoyasi;
b) o‘qilgan masal mazmuni bilan bog'liq suhbat;
d) o‘qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar haqida
suhbat.
2. Masalni o‘qituvchi o‘qishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film
ko‘rsatish ham mumkin).
3. Masal matni ustida ishlash:
a) masalning tuzilishi va kompozitsiyasini aniqlash (o‘qish, reja tuzish va
hokazo);
b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe'1-atvori, xarakteriga xos
xususiyatlarini tushuntirish (tanlab o‘qish, so‘z
bilan va grafik tasvirlash,
savollarga javob berish);
d) masalning aniq mazmunidan kelib chiqib, undagi asosiy fikrni
belgilash;
e) krossvordlar, ta'limiy o‘yinlar, topishmoqlardan foydalanib, masal
mazmuni va g'oyasini o‘zlashtirish.
4. Allegoriyani ochish.
5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish.
6. Hayotda uchragan shunga o‘xshash hodisalarga taqqoslash
8.5. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitish mеtodikasi
Boshlang‘ich sinflarda ilmiy - ommabop asarlarni o‘qitishdan
asosiy
maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan
bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim
olishga o‘rgatishdan iborat.
262
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi maqolalarni o‘qish bilan
bog‘liq holda tabiat hodisalarini kuzatish
(masalan, daraxt kurtaklarining
bo‘rtishi)
, o‘quvchilarni dehqonlar
mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda
yuz bergan o‘zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo‘lgan insonlar bilan
uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz
hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy
sanalar to‘g‘risida bilim beradi. O‘qish darsliklaridan o‘rin
olgan
Beruniy, Ibn
Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur
va boshqa ajdodlarimiz haqidagi
matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o‘quvchilarni nafaqat
o‘tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va
mas’uliyatni teran anglashga ham yordam beradi. O‘quvchilarda Vatanga
muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy
- ommabop asarlar bilan
tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi
kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. Jamiyat tarraqqiyoti haqida qisqacha
bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan
bog‘liq mavzudagi asarlar tahliliga alohida e’tibor berish zarur.
1-sinf dasturida o‘qish bilan bog‘liq holda kuzatish, sayohat darslari
mo‘ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari
(ob-havoning
o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonlarning hayoti)
ni,
shuningdek, dala mehnatini
kuzatish uchun tabiatga (dala, bog‘, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko‘zda
tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar va kishilarning mehnati
yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko‘rgazma sifatida o‘quv kinofilmlaridan ham
foydalanish mumkin.
Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog‘lab o‘qitish
kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan
Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib etishga yordam
263
beradi; o‘quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat
tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko‘ra 2-sinf o‘quvchilari
«Toshkent»,
«Toshkent metrosi»
mavzusidagi maqolalarni, 4-sinfda esa «
Asrga tatigulik kun» (Chingiz Aytmatov)
asarini o‘qish orqali o‘tmish
ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning
hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti,
mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga,
xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop
maqolalarni
izohli
o‘qish darsini uyushtirishda
quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:
1. O‘qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash,
ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat
o‘tkazish;
2. Maqolani yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish, o‘quvchiga notanish
bo‘lgan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash;
3. Maqola rejasini tuzish;
4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish;
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish;
6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish;
7. Maqolani yaxlit o‘qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash
va maqola mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish maqsadi ko‘zda
tutiladi;
8. Reja asosida qayta hikoyalash;
9. Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop maqolalarni uzviy birlikda o‘rganish o‘quvchilarning har
bir mavzuda bayon etilgan tarixiy - adabiy hodisalarni, ular o‘rtasidagi
umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta’minlaydi.
Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o‘qishga tayyorlaydi, ijtimoiy -
siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o‘zlashtirishga
yordam beradi, ularning
mantiqiy tafakkurini va nutqini o‘stiradi.