N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

(Momaqaldiroq) 
3-4-sinflarga o‘tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu 
davrga kelib o‘quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilgan 
bo‘ladi. 
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. 
Bunday topishmoqlar sho‘x, qiziqarli bo‘ladi. Masalan, 4-sinf “O‘qish kitobi” 
da “Buni toping, qizlarim” (G'. G'ulom) topishmoqlari keltirilgan. 
O‘tda yonmaydi, 
Suvda botmaydi. 
Ayoz bobo novvot sotdi, 
Olgan edim qo‘lim qotdi. 
Osmondan par tushadi, 
Par emas zar tushadi. 
Eritadi muzni
Qamashtirar ko‘zni. 
“Chiq-chiq” ishlab tolmaydi, 
Tunda uxlab qolmaydi. 
Pichoq kessa qon chiqar, 
Po‘choq ketsa don chiqar. 
Bolalarni nutqini o‘rgatishda topishmoqlar alohida o‘rin tutadi. 
Ma’lumki, topishmoqlar narsa yoki hodisalarning qisqacha ta’rifi bo‘lib 
hisoblanadi. "Topishmoq, — deb yozadi adabiyotshunos M. Abdurahmonov, — 
narsa yoki voqelik tushunchasini ongli ravishda yashirishga, sir tutishga 
asoslangan kichik poetik asardir". 
Topishmoqlarda insonning turmushi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning tevarak-
atrofdagi narsa va hodisalar, buyumlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabilar 
ta’riflanadi. Ko‘pincha topishmoqlarda narsa va hodisalarning hajmi, shakli, 
rangi, tovushi, mazasi, harakati kabi belgilari beriladi. 
Topishmoq bolalarni obrazli va aniq so‘zlashga o‘rgatishni osonlashtiradi. 
Topqirlik, aqliy faollik kabi holatlarini rivojlantirish imkonini beradi. 


269 
Maktab yoshidagi bolalar uchun tanlangan topishmoqlar sodda, qisqa va 
tushunarli bo‘lishi kerak. Shu bois topishmoqlarni tanlashda o‘quvchilarning 
yosh xususiyatlarini, ayniqsa, o‘zga tilni o‘zlashtirish imkonini hisobga olishi 
lozim. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tanlangan topishmoqlarda narsa va 
hodisalarning eng muhim belgilari ifodalanishidan unumli foydalanish zarur. 
Masalan, hayvonlar haqidagi topishmoqlarda bunday belgi ularning ovozi 
hisoblanadi: 
Vov-vov deydi, baqiradi,
Tug‘ishganin chaqiradi. (It) 
Topishmoqlarni tanlashda, albatta, bolaning tarbiyasi va yoshi hisobga 
olinishi kerak. Chunki umrida eshitmagan yoki ko‘rmagan narsasi haqida 
aytilgan topishmoqni bola hech qachon topa olmaydi. Shuning uchun ham 
topishmoqlar asosan, nomi o‘zlashtirib olingan narsa va hodisalar haqida boradi. 
Topishmoqlar orqali bolalarning mavjud bilimlari mustahkamlanadi. 
—Topishmoqlar o‘qish darsi mashg‘ulotida o‘tilayotgan mavzuga ham 
muvofiq bo‘lishi kerak. Aks holda bolaning diqqati chalg‘iydi va ko‘zlangan 
maqsadga erishish qiyin kechadi. Topishmoqlar ustida quyidagi tarzda ish olib 
borgan ma’qul: topishmoqda ko‘rsatilgan narsa va hodisa belgilarini tushunib 
olish, ya’ni tahlil qilish; 
—bu belgilarni bir-biriga taqqoslash va umumlashtirish; 
- aniqlangan belgilar asosida xulosa chiqarish, ya’ni topishmoqning javobini 
topish. 
Boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari topishmoq matni ustida ishlashda 
quyidagilarga e’tibor berishi lozim: 
1.
Ko‘pincha bolalar javob berishga shoshilib, topishmoqni oxirigacha 
eshitmaydi, uni har tomonlama batafsil tushunib yetmaydi. Ularning diqqati 
matndagi birorta belgiga bog‘lanib qoladi. Xulosani ular faqat shu yagona belgi 
asosida, qolganlarini e’tiborga olmagan holda chiqaradilar. Topishmoqni topish 


270 
uchun muhim bo‘lgan belgi esa e’tiborga olinmaydi. Bunday vaqtda 
topishmoqni topish qiyinlashadi. 
2.
Topishmoq yechishda uning ma’nosini bolalarning yaxshi tushunib olishiga, 
izchillik va tartib bilan fikr yuritishiga harakat qilish kerak. Bunda fikr yuritish 
tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
—umumiy ko‘rinishda nimani qidirishni aniqlash; 
—qolgan hamma belgilarni aniqlash; 
—taxmin qilinayotgan yechimni keltirish; 
—aniqlangan belgilarni birlashtirish; 
—xulosa chiqarish. 
O‘qituvchi topishmoqlarni ifodali tarzda bayon etadi, bolalar aytilayotgan 
narsa-buyumning hamma belgilarini eslab qolishlari uchun matnni qaytaradi. 
Savollar yordamida bolalarning e’tiborini belgilarga va ular orasidagi aloqaga 
qaratish kerak. 
Bir narsa haqida turli topishmoqlar aytilishi bolalar lug‘atini boyitish 
imkonini beradi. 
Topishmoq topishni yengillashtirish uchun o‘qituvchi bolalarga topishmoq 
yuzasidan quyidagicha savollar berishi mumkin: 
"Topinglar-chi, bu mevami yoki sabzavotmi? 
U qaerda o‘sadi? 
Bu qanday faslda bo‘ladi?
Bu qaysi hayvon ekan?" kabi. So‘ng topishmoqni ifodali o‘qib, rasmga 
qarab uning javobini topishni taklif qiladi. Masalan, "Stolni bezatish" o‘yinida 
stol tasvirlangan rasm tanlab olinadi, idishlar hamda oziq-ovqat rasmlari va ular 
haqida topishmoqlar tayyorlanadi. Topishmoqqa javob bo‘lgan rasmni 
bolalarning o‘zlari tanlaydilar. Topishmoqni rasmga qarab topish uni topishda 
yordamchi savollar berish yaxshi samara beradsh Ba’zan fasllarga bog‘liq 
she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlarni ham o‘rgatib borish kerak. Yuqorida 
aytilganidek, bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri talafruz qilishga, topishmoqlar 
orqali ularning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga erishiladi. O‘quvchilarga: 


271 
Qishin-yozin bir xil kiyimda (Archa); 
U tushganda dala-qir, 
Kuladi qiqir-qiqir (Yomg‘ir) — 
kabi kichik va qiziq topishmoqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin