285
STO‘ darslari o‘quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o‘qish
malakalarini
shakllantiradi. Mustaqil o‘qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo‘linadi:
1. Tayyorlov bosqichi.
Bu 1sinfning savod o‘rgatish davriga to‘g’ri keladi.
Unga darsning bir qismi — 17—20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STO‘
mashg’uloti" deb yuritiladi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, o‘qituvchi
asarni o‘zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo‘lishiga
va boshqa kitob tanlash
tamoyillariga e’tibor beradi. Asarni o‘qituvchining o‘zi o‘qib beradi.
O‘quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga,
ularga soddagina
baho berishga, asar mazmimi bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar
mazmunini hikoya qilib berishga o‘rgatiladi. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘qish
gigiyenasi va kitobga qanday munosabatda bo‘lish bilan tanishadilar.
2. Boshlang’ich bosqich.
Bu 1sinfning 2yarim yilligiga to‘g’ri keladi. Bu
bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o‘qishdan
oldin o‘quvchilar asar, nomi va uning
muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini
tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib
asar muallifi va nomini
yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi
o‘qiydigan o‘quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so‘ng o‘qitiladi. Asarning oson
o‘qiladigan o‘rinlarini bo‘sh o‘qiydigan o‘quvchilarga o‘qitish ham mumkin. Bu
ularda o‘qishga qiziqish uyg’otadi. Bu bosqichda o‘quvchilar har xil tezlikda
bo‘g’inlab o‘qiydilar. Shuning uchun o‘qituvchi bu jarayonda har bir o‘quvchiga
individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o‘qishga o‘rgata
borishi lozim.
3. Asosiy bosqich.
Bu bosqich 2—4sinflarga to‘g’ri keladi.
Bu davrda
o‘quvchilarning o‘qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilarning
sinfdan tashqari o‘qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga
asoslaniladi: o‘qigan kitoblarining sifat o‘zlashtirishiga, miqdoriga, o‘qigan
kitobiga munosabat bildira olishiga e'tibor beriladi. Bunda o‘quvchilar muayyan
mavzuga doir bir necha asarlarni o‘qib
keladilar, ularning ayrim o‘rinlarini
ifodali o‘qib beradilar, o‘qigan asarlarini o‘zaro taqqoslaydilar.
286
STO‘ning
bosqichlari,
dastur
talablari,
tarbiyaviy
vazifalari
o‘quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida
kichik hajmdagi asarni o‘qituvchi o‘qib bersa, o‘qilganlar yuzasidan suhbat,
qayta hikoyalash o‘tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o‘quvchilari bir
xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o‘quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar.
Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.
Asar ichda o‘qishga
topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va
diafilmlardan parchalar ko‘rsatilishi, musiqiy daqiqalar o‘tkazilishi
hamda asar
mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda
kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o‘rash o‘rgatiladi,
Dostları ilə paylaş: