289
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv.
O‘quvchilarning
o‘qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o‘qilgan
kitoblar hisobga
olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ot-aonalar
bilan suhbat o‘tkaziladi.
3. STO‘ yuzasidan ommaviy ishlar.
Adabiy ertaklar, viktorinalar,
yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy
ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun
maxsus tayyorgarlik ko‘riladi.
4. Kutubxonaga yozilish.
1sinf o‘quvchilari o‘qituvchining tavsiyasi bilan
kutubxonaga a'zo bo‘ladi. Bu jarayonda o‘qituvchi va kutubxonachi
hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
5. O‘quvchilarning o‘qiganlarini hisobga olish.
Bunda ularning
kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. 1sinf o‘quvchilari 2-yarim
yillikdan
boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini,
2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo‘shib yozadilar. 3-4sinflarda
o‘qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o‘z mulohazalarini
ham qo‘shishlari mumkin.
O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari og’zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular
o‘qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o‘qish va sinfda o‘qish darslarida, yakka
tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.
9.3.Sinfdan tashqari o‘qish darslarining turlari
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO‘
tizimining
bosqichlari bilan, ikkinchidan, o‘quv vazifalari va dastur bilan,
uchinehidan, oldinga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to‘rtinchidan,
o‘quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.
1-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o‘qituvchi tomonidan o‘qib
beriladi, boshlang’ich bosqichdagi darslarda
yangi kichik hajmli matnni
o‘quvchilar o‘qiydilar.
Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o‘quvchilar
o‘qiganlarini taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalashga, qahramonlarni
290
elementar tavsiflashga o‘rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo‘lib o‘qishdan
foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO‘ darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-
4sinflarda 2 haftada 1 marta o‘tkaziladi. o‘quvchilar mustaqil o‘qishga
o‘rgatiladi, ular ,,G'uncha”, ,,Gulxan”, ,,Bilimdon"
jurnallari, ,,Tong yulduzi”
gazetasi bilan, ya'ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o‘zbek,
qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi
asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o‘quvchilar bir nechta asarlar o‘qib kelib,
ular haqida o‘z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm
chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti
va ijodiga doir kechalar
uyiishtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yiirita oladigan
kitobxon shaxsi shakllantiriladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qilgan kitobni muhokama qilish, ijodiy
qayta hikoyalash,
insenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o‘qish, kitoblar
tavsiya qilish usullaridan keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: