N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan va innovatsion darslarga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan va innovatsion darslarga 
qo‘yilgan talablar. 
Ta‘limda moddiy baza, standart, o‘quv rejalar, dastur va 
darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish
chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o‘zlashtirishga erishish bevosita 
nazariy va amaliy mashg’ulotlarni olib boruvchi o‘qituvchining ijodkorligi, 
izlanuchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog’lanib qolaveradi, o‘quv-
biluv markazida esa o‘quvchi turmog’ini taqozo etadi. Har qanday ta‘lim 
o‘quvchi 
shaxsiga, uning qiziqish, xohish istagiga, ehtiyojiga qaratilmog’i kerak. 
Ya‘ni ta‘limni individuallashtirishga qaratmog’ini talab etadi. ta‘lim 
jarayonini individuallashtirish shunday o‘qitish usuliki, bunda har bir o‘quvchi 
o‘quv jarayonida faol ishtirok etib, o‘quv-biluv jarayoniga shaxsiy hissa 
qo‘shishi hisobga olinadi; ta‘lim jarayonini tashkil etishda o‘qituvchining 
uslubiy yondashuvi, tezkorligi, o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga 
olinadi; o‘quv-metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib 
borishda o‘quvchi shaxsi o‘quv-biluv markazida bo‘ladi. Individuallashgan 
ta’lim 
printsiplari. individuallashtirish 
– 
o‘quv 
jarayonining 
bosh 
strategiyasidir.
O‘quv 
jarayonini individuallashtirish 
orqali 
– shaxsni 
rivojlantirish ta‘minlanadi.


295 
Har bir o‘quv predmetini o‘qitishni individuallashtirish orqali amalga 
oshirish kutilgan natijani kafolatlaydi. O‘qitish shakillarini individuallashtirish 
bilan integratsiyalash sharoiti yaratiladi. Individuallashgan ta‘lim-o‘quv 
jarayoni sifat va samardorligni ta‘minlaydi. Individuallashgan ta‘limda 
ko‘nikma, malaka, bilim olish o‘quvchining qiziqishi asosida kechadi. 
Mustaqil 
ishlay 
olish 
o‘quvchining umumo‘quv ko‘nikmasiniü 
rivojlantiriadi, taraqqiy ettiradi. Demak individuallashgan ta‘lim, ta‘limning sifat 
va samardorligni belgilaydi. O‘quv mazmunini o‘zlashtirishda, o‘quvchining 
mustaqil mutolaa bilan samarali shug’ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va 
tafakkur faoliyati bilan bog’liq. Bu esa ta‘limda interfaol metodlarnining 
qo‘llanishiga bog’liq. 
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini integratsiyalashda 
quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
- har bir darsda nazariy ma’lumotlarni berishga qaratilgan har qanday usul, 
albatta, ta’limiy maqsadni ro‘yob chiqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak; 
- fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo‘shimcha material o‘tiladigan mavzu 
bilan bog’lanishi shart; 
- sinf o‘quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo‘llarini 
aniqlash mumkin; 
- dars faqat ta’limiy bo‘lib qolmasdan, o‘quvchilarni insoniylik jihatlarini 
tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak; 
- dars mavzusining mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson 
tafakkuri, taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar, o‘quv respublikamiz kelajagiga 
ishonch va e’tiqodni shakillantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak; 
Umuman olganda, fanlarni integratsiyalashda mavzulardagi mazmun bir-
biriga mos kelishi va puxta reja asosida tuzilgan bo‘lishi kerak. 
Ulug’ didaktik olim Yan Amos Komenskiyning ta’kidlashicha: “Bir-biri 
bilan bog’liq bo‘lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o‘rganilishi kerak”. 
Mashhur pedagog D. Lokk g’oyasiga ko‘ra: “Ta’lim mazmunining 
aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to‘ldirilishi 


296 
lozim”. I.V.Pestalossi o‘zining didaktik maqolasida o‘quv darsliklaridagi 
bog’liqlik masalasiga keng to‘xtalib o‘tar ekan: “Bir-biri bilan bog’liq fanlarni 
ko‘z oldiga keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog’liqlik holatida ekanini angla”, - 
deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto xavfliligini 
ta’kidlaydi. 
Fanlararo bog’liqlik nazariyasining ishlab chiqishda K.D.Ushenskiy juda 
katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘tmish pedagogikasida didaktik ta’sirining ruhiy-
pedagogik xususiyati hamda psixologik-pedagogik bog’liqlik to‘g’risida 
K.D.Ushenskiy shunday deydi: “Har qanday fan tomonidan xabar qilinayotgan 
bilim va g’oya dunyo va hayotga keng nigoh bilan qaray olish holatida berilishi 
lozim”. 
Boshlang’ich sinflar ta’limi jarayonida fanlarni integratsiyalash nazariy va 
amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtayi nazardan juda muhim bo‘lib, yangi 
ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fanlar 
rivoji va respublikamizdagi ta’lim sohasidagi islohotlar, ishlab chiqarishdagi 
ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi oldiga yangi 
vazifalarni qo‘ymoqda. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya berish tizimi yuqori 
darajada fan asoslarini o‘rnatishga, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur 
qilishga, jamiyatimizda bo‘layotgan voqealarni to‘g’ri anglashga, ularning 
mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan. 
Maktab umumta'lim fanlarini tarqoq holda o‘rgatish, ularni bir-biriga uzviy 
bog’lab o‘tmaslik o‘quvchilar bilimini mukammal bo‘lishi va butun borliqni bir 
butun holda tushunib yetishiga to‘sqinlik qilib, o‘quvchilarda fan mavzularini 
anglashga qiyinlik qiladi. 
Olimlarimizning fikricha, integrasiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va 
ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bunday tushuncha ta’lim tizimida 
fanlararo uzviylik va bog’liqlik masalasini yana bir bor ko‘rib chiqish zaruratini 
yuzaga keltiradi. Ta’lim tizimiga integrasiyani kiritish maktab va jamoatchilik 
o‘rtasida turgan ta’lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita 
bo‘lishi mumkin. 


297 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin