291
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘qigan
kitoblari hisobga
olinadi, yangi kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar
yuzasidan o‘tkaziladigan suhbatlarda asar mavzusi, janri, kompozitsion tuzilishi,
sujet qurilishi, qahramonlar timsoliga oid tahlil elementlari o‘qituvchi
savollari
asosida o‘quvchilar ongiga singdirila boriladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatlar
o‘tkaziladi. Darslar rejasi butun o‘quv yili uchun oldindan tuzilishi lozim.
Sinfdan tashqari o‘qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy
faoliyatga
o‘rgatish,
bilimini
boyitish
va
o‘qish
ko‘nikmalarini
takomillashtirishdir. O‘quvchilarga sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qishlari
zarur bo‘lgan
kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko‘rsatmalar
beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitob ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Bu jarayonda kitob muqovasi, tituli, betlarini farqlay olish,
asar muallifi,
nomlarini, rassomlarni tanib bilib olish, rasm asosida asarlarning nima haqida
ekanini, mazmunini aniqlashga erishish muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan
asarlar ichidan kitob
tanlash va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni o‘qigan asari mazmunini
qisqacha so‘zlab berishga o‘rgatish lozim.
O‘qish mavzusi sinfda o‘qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg’unligiga,
ta'lim-tarbiya
birligiga, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga rioya qilgan
holda belgilanadi hamda asarlar tanlanadi.
Sinfdan tashqari o‘qish uchun tanlanadigan mavzular, asosan, quyidagicha
rejalashtirilishi mumkin:
1. Gullayashna hur O‘zbekiston!
2. Mustaqillik — oliy ne'mat.
3. O‘zbekistonning qahramon o‘g’lonlari.
4. Tabiat — bizning uyimiz.
5. Odob — oltindan qimmat.
6. Ona tilim — jonu dilim.
7. Bilim ol, hunar tanla! va boshq.
292
Boshlang’ich sinflarda STO‘ darslarini rejalashtirishda quyidagilarga
asoslaniladi:
1. Mavsumiy tamoyilga va milliy an'analarimiz bilan bog’liq bo‘lishiga.
2. STO‘ darslarini sinfdan sinfga o‘tgan sari bosqichli izchillik tamoyili
asosida kengaytirib borishga.
3. Sinfda o‘qish darslarida o‘rganiladigan mavzular bilan bog’liq
bo‘lishiga.
4. Bolalar yozuvchilarining tavallud kunlari bilan bog’liq
holda ularning
ijodini o‘rganishga.
5. Bolalarning qiziqishlarini hisobga olishga.
6. Adabiy jarayon bilan hamnafas bo‘lishiga.
7. STO‘ uchun beriladigan topshiriqlaniing ijodiy xarakterda bo‘lishiga.
8. O‘quvchilarda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarining shakllanishiga e'tiborni
kuchaytirish va rahbarlik shakllarining xilma-xil bo‘lishiga.
Dostları ilə paylaş: