N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


-2 sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

1-2 sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda 
innovatsion yondashuv. 
Ta‘lim to‘g’risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi, ―Maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini ta‘lim 
jarayoniga tadbiq etish bilan ta‘limda sifat va samaradorlikka erishish va shu 
orqali modernizatsiya qilingan ta‘lim standartlari to‘liq bajarilishi ta‘min etish 
davri boshlandi. Davlatimiz tomonidan yangi maktablar qurilishi, minglab 
maktablarni yangitdan rekonstruktsiya qilish, joriy ta‘mirlash ishlari jadal 
sur‘atlar bilan olib borilmoqda. Maktablarni yangi jihoz, asbob-uskunalar, 
takomillashtirilgan dasturlar, moderinizatsiya qilingan, tajriba-sinovdan o‘tgan 
standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan (ijara tariqasida) ta‘minlash, 
kompyuterlashtirish davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga 
oshirilmoqda. Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga 
javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha 
qilib aytganda zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishga ma‘suliyat bilan 
yondashadigan, kasbiy bilimdonlik, metodik mahoratga ega, ma‘suliyatli, 
zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib olgan, 
innovatsiyalar asosida ta‘limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib 
bormoqda. 
Ta‘limda moddiy baza, standart, o‘quv rejalar, dastur va darsliklar 
qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va 
puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o‘zlashtirishga erishish bevosita nazariy va 
amaliy 
mashg’ulotlarni 
olib 
boruvchi 
o‘qituvchining 
ijodkorligi, 
izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog’lanib qolaveradi, o‘quv-
biluv markazida esa o‘quvchi turmog’ini taqozo etadi. 
Oliy ta‘lim (shuningdek o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi) mutaxassis 
kadrlar tayyorlashda bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik mahoratiga, ularni 
o‘qitishning yangi usullarini o‘zlashtirishlariga yetarli e‘tibor berilmayotganligi 
ta‘lim sifati samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Pedagogik texnologiya 
atamasi o‘qituvchilarimiz orasida ikki xil ma‘noda qo‘llanilmoqda: 


298 
1. Zamonaviy texnika, elektron hisoblash mashinasi, kompyuter, audial, 
vizual asboblarini ta‘lim-tarbiya jarayoniga qo‘llab samaradorlikni oshirish; 
2. Ta‘lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, natijasini oldindan o‘rganish, 
qayd etish yo‘llari bilan o‘qituvchining kafolotlangan natijaga erishishini 
ta‘minlash. 
Ta‘limning kafolotlanganlik natijasi samaradorlikni va maqsadga erishishni 
belgilaydi. Bundan ko‘rinadiki natija maqsadga qancha yaqin bo‘lsa, o‘quv-
tarbiya jarayoni shuncha samarador hisoblanadi va bu ta‘limning zamonaviy 
texnik vositalari va ilg’or texnologiyalarni amalga oshirishning muhim 
jihatlaridan bo‘lib, ikkinchi talqin, ta‘lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, 
natijasini oldindan o‘rganish, qayd etish yo‘llari bilan o‘qituvchining 
kafolotlangan natijaga erishishini ta‘minlash. 
Demoqchi bo‘lgan fikrimiz shundan iboratki, o‘qituvchi faoliyatining 
asosini dars tashkil etadi. Ta‘lim jarayonining samaradorligini belgilash hamda 
maqsadga erishishning eng maqbul yo‘li va usuli metodni tanlash bilan 
belgilanadi. 
O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta‘lim standartlarida 
belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki 
o‘quvchni tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchii 
malaka oshirish uchun mqljallangan topshirihlarni amalda namoyish etib bera 
olsagina o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‘ladi. Ba‘zi 
mamlakatlarning ta‘lim sohasida to‘plangan ilg’or tajribalari tahlilidan ayon 
bo‘ldiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, ma‘naviy-axloqiy 
qiyofasining shakllanishida u mansub bo‘lgan muhit, unda qaror topgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarning ahamiyati katta ekan. Zero, ushbu 
jamiyatda uning tafakkuri, ma‘naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishi uchun 
zarur bo‘lgan obyektiv va subyektiv omillar mavjud. 
Boshlang’ich ta‘lim darslari o‘qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol 
metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishga quyidagi tamoyillarga 
amal qilish asosida erishiladi: 


299 
1. Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish 
borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi. 
2. Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish 
borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga 
oshirilishi. 
3. Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda 
mavjud shart-sharoit hamda subyektiv yondashuvlarni inobatga olish. 
4. Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish. 
5. Yangi tajribalarni ommalashtirish. 
6. Nazariy va amaliy faoliyat birligi. 
7. Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda 
xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar. 
Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish 
jarayonidagi imkoniyatlar va tajribalarga tayanish maqsadga muvofiq ekanligi 
aniqlandi. Xususan, o‘quv fanlari bo‘yicha tashkil etiladigan mashg’ulotlarning 
loyihasini ishlab chiqish, boshlang’ich ta‘lim o‘quvchiilarining faoliyatlarini 
nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash hamda 
darslarining samaradorligini aniqlashga imkon beruvchi dasturlarni tuzishda 
tabiiy fanlar o‘qituvchilarining o‘rni beqiyosdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin