N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


-MODUL. SINFDAN TASHQARI O‘QISH MЕTODIKASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

 
5-MODUL. SINFDAN TASHQARI O‘QISH MЕTODIKASI 
 
9-MAVZU. 
SINFDAN TASHQARI O‘QISH MЕTODIKASINING 
MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
Tayanch so‘zlar
: o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish 
tamoyillari, sinfdan tashqari o‘qish bosqichlari. 
9.1. 
To‘g’ri kitobxonlik faoliyatini shakllantirish tizimiga tavsifnoma
FONЕTIK birliklar 
SO‘Z 
GAP 
HIKOYA 
ERTAK


281 
Maktab o‘quvchini o‘qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda 
kitobni mustaqil o‘qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid 
kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o‘qiydigan faol 
kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o‘qish (STO‘) tarbiyaning 
asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko‘p narsani bilishga havasni orttiradi. 
STO‘ning maqsadi o‘qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay 
oladigan, muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g’ri baholay oladigan 
ongli kitobxonni tarbiyalashdir. 
Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO‘ darslari tashkil etilgan. 
STO‘ darslari 1—2sinfda haftada 1 marta, 3—4sinfda 2 haftada 1 marta 
o‘tkaziladi. Savod o‘rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 
17—20 daqiqasi ajratiladi. 
Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo‘lib, 
unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam 
beradi. Buning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni 
oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. 
o‘quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda 
yondashish, Shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zaair. Bolalarda kitob ustida 
ishlash 
malakasini 
shakllantif 
ish 
ularda 
kitobxonlik 
madaniyatini 
tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o‘qish uchun ajratilgan soatlardan 
foydalaniladi. 
Badiiy va ilmiyommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib 
borilsagina, o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga 
xizmat qiladi. 
Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan mualliflarning kitoblari 
muqovasi, titul varag’i, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning 
taxminiy mazraunini aniqlashga o‘rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat 
qiladi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchida badiiy 
kitoblarni o‘qishga havas uyg’otish, o‘qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita 


282 
olishga o‘rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan 
elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi. 
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, ularning 
bog’lanishli nutqini o‘stirish, adabiyestetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan 
tashqari o‘qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi. 
STO‘ darslarining 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin