N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Tеz aytishlar 
O‘zim uzum uzib yedim. -z-m. 
Olma shoxida olmaxon, Olmaxonni olma Olimxon. -m-1. 
To‘lqin turpni tunda to‘pladi. -r-t. 
Bo‘ri boqqa, Soqi toqqa bordi. -q-t. 
Jo‘ja cho‘chib go‘ja cho‘qir. -ch-j. 
Bir tup tut, tut tagida turp, Tut turpni turtib turibdi, turp tutni turtib turibdi. -t-r. 
Sora allalaydi, Rashid arralaydi. -r-1. 
Hashar — hashardan shahar yashar. -sh-r. 
Bolalar bilan tez aytishlar mashq qilinganda shoir va yozuvchilarning 
asarlaridan, xalq ertaklari va maqollardan ham foydalanish mumkin. Masalan, 
"Bor ekanda, yo‘q ekan, och ekanda, to‘q ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, 
chumchuq chaqimchi ekan, yo‘lbars o‘kirar ekan, xo‘roz qichqirar ekan, bo‘ri 
bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Ana shunday zamonda qora tovuqdek 
qaqillagan bir kampir bo‘lgan ekan". 
Shuningdek, quyidagicha badiiy asarlar matnidan foydalanib ham mashqlar 
o‘tkazish mumkin:
"Bir boy bor ekan,
uning oti Jomboy ekan, 


275 
o‘zi juda boy ekan,
bir choynakda aynab qolgan choy ekan,
yomg‘ir yoqqanda bulutlar orasidan mo‘ralab turgan oy ekan, 
suv o‘tmagan soy ekan,
birov minmagan toy ekan,
kigiz ko‘rpasi yo‘q,
birov yotmagan joy ekan, 
hech kim ichmagan choy ekan,
ana shunday dong‘i ketgan boy ekan".
Bolalar adabiyoti bilan ishlashda, o‘qilgan asardagi talaffuzi quyin bo‘lgan 
so‘zlarni o‘rgatish bilan ham, kundalik turmushda 
qo‘llanadigan so‘zlarga 
diqqatlarini qaratish bilan ham ularning lug‘at boyliklarini kengaytirib borish 
mumkin. Asar till ustida ishlashda muallif tomonidan qo‘llangan ko‘p ma’noli, 
ma’nolari bir-biriga yaqin hamda qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ayrim so‘z 
birikmalari bilan ishlash nutq o‘stirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bunday 
so‘zlar ustida ishlash bilan bolalar yangi bilim va tasavvurlarga ega 
bo‘ladilar.Ba’zan fasllarga bog‘liq she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlarni ham 
o‘rgatib borish kerak. Yuqorida aytilganidek, bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri 
talafruz qilishga, tez-aytishlar orqali ularning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga 
erishiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin